Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun va ertaga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol biroz 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Bugun kunduz kuni havo harorati 28-33 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda 35 darajagacha, janubda 37 darajagacha atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari havo harorati sekin ko‘tariladi va 32-35 darajani, shimolda va cho‘l hududlarda 35-37 darajani tashkil etadi. Bunday harorat foni may oyi oxiri uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yaqindir.

Poytaxtimizda 26-28 may kunlari havo ochiq bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Havo harorati kechalari 16-18 daraja, kunduz kunlari 30-33 daraja bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!