Dahshatli o‘lim: Rossiyaning eng boy ayollaridan biri endi yo‘q

Dahshatli o‘lim: Rossiyaning eng boy ayollaridan biri endi yo‘q

Rossiyaning eng boy ayollaridan biri, S7 aviakompaniyasi aksiyadori Natalya Fileva Germaniyada aviahalokatda halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

S7 tarkibiga kiruvchi Globus kompaniyasiga tegishli bo‘lgan biznes-samolyot Frankfurt-na-Mayne shahri aeroportiga qo‘nish vaqti halokatga uchragan.

2019 yilning 31 mart kuni Epic-LT xususiy samolyoti Egelsbax aeroportiga qo‘nish vaqtida S7 Airlines kompaniyasining aksioneri 55 yoshli Fileva Natalya Valeryevna vafot etdi. Halokt sabablari hozircha aniqlanmagan , - deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.

Germaniyaning Bild nashri yozishiga ko‘ra, xususiy samolyot halokati oqibatida 2 nafar Rossiya fuqarosi qurbon bo‘lgan. Samolyotda Natalya Fileva bilan uning otasi va instruktor bo‘lgan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ushbu halokat joyiga shoshilib kelayotgan polisiya patrul avtomobili ham halokatga uchragan va ikki nafar polisiyachi qurbon bo‘lgan.

Germaniya hukumati ushbu halokat sabablarini o‘rganishga kirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!