Dahshatli summa: Messi "Al-Hilol" bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda

Dahshatli summa: Messi "Al-Hilol" bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, PSJ hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi bilan rekord darajadagi kelishuvga erishgan.

Messi shanba oqshomida PSJ uchun so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. U mavsum oxirida Parij klubini tark etadi, deb yozadi manba.

AFP nashri may oyi boshida Messi Saudiya Arabistoni jamoasiga o‘tish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgani haqida xabar bergan, biroq futbolchining atrofidagilar buni rad etgandi. Foot Mercato esa futbolchi arab klubiga o‘tishi aniq, deb yozmoqda.

Agar Messi "Al-Hilol"ga o‘tsa, ikki yillik shartnoma davomida 1,2 milliard yevro ishlab oladi. Bu Krishtianu Ronalduning “Al-Nassr”da oladigan maoshidan ikki baravar ko‘p.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!