Click to‘lov xizmati aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi

Click to‘lov xizmati aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi

“Click” to‘lov xizmati MCHJdan aksiyadorlik jamiyatiga (AJ) aylantirildi.

Shuningdek, kompaniyaning ustav kapitali oshirilib, bugungi kunda talab qilinadigan minimal miqdor 10 mlrd so‘mni tashkil etadi.

“Kap Depo” investisiya kompaniyasi Clickning tashkiliy shaklini o‘zgartirishda ishtirok etdi.

“Click o‘zining shaxsiy strategiyasiga muvofiq harakat qilmoqda. Joriy yilda kompaniyani qayta tashkil etishni ham hisobga olgan holda ko‘plab reja va loyihalarimiz bor”, — dedi Click AJ bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qaror prezidentning 2023 yil 30 noyabrdagi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab barcha to‘lov tashkilotlari va xizmatlari aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!