Cho‘lpon tarjimoni: "Kecha va kunduz"ning "kunduz"i yozilmagan

A A A
Cho‘lpon tarjimoni: "Kecha va kunduz"ning "kunduz"i yozilmagan

Noyabr oyida Cho‘lponning "Kecha va kunduz" romani ingliz tilida nashrdan chiqadi. Uni Michigan universiteti aspiranti Kristofer Fort tarjima qilgan. Fort yaqinda Cho‘lpon ijodi va hozirgi O‘zbekiston haqida maqolasini e’lon qildi. Minbar ushbu maqolani taqdim etadi:

Avgust-sentyabr oylarida postsovet davlatlarining ba’zilari tashkil topgan kunlarini nishonlaydilar. O‘tgan hafta Yevropa Ittifoqi stalinizm va nasizm qurbonlari xotirasi kunini nishonladi. 1 sentyabrda Markaziy Osiyosining eng gavjum mamlakati bo‘lgan O‘zbekiston esa o‘zining Mustaqillik kunini nishonladi. Zamonaviy o‘zbeklar uchun Stalin qatag‘onida, ya’ni 1936 yildan 1938 yilgacha o‘ldirilgan anti-imperialist millatchi ziyolilar bugungi kunda milliy mifologiyaning muhim qismidir. Qatag‘on qurbonlari bo‘lgan o‘zbek ziyolilarining orzulari zamonaviy O‘zbekistonda amalga oshdi. Shu kabi o‘zbek ziyolilarining eng ko‘zga ko‘ringan a’zosi – shoir, yozuvchi va dramaturg Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon edi, u 1934 yil yozgan "Kecha va kunduz" romani mening tarjimamda noyabr oyida ingliz tilida nashr etiladi.

Stalinizm o‘zbek xalqining iste’dod dunyosini aql bovar qilmaydigan darajada talon-toroj qildi.

Cho‘lpon Stalinning zulm mashinasi – NKVD tomonidan o‘ldirilganda 41 yoshda edi. Cho‘lpon shaxsi bugungi kunda juda muhim va sirli shaxs. Uning hayoti va she’riyati haqida yaxlit tasavvur yo‘qligi tarixda aks-sado berdi va bu holat o‘zbek jamiyatining Cho‘lponga bo‘lgan munosabatiga yillar davomida ta’sir qilib keldi. Aniq tasavvurning yo‘qligi Cho‘lpon tarjimai holi, asarlarini O‘zbekistonning o‘tmishi, buguni va kelajagi bilan bog‘lab har xil tahlil qilish imkoniyatini beradi.

Stalinning o‘limidan keyin sovet o‘zbeklari bu yo‘qlikni yaratdilar va qo‘llab-quvvatladilar. 1938 yilda Cho‘lpon vafotidan so‘ng, uning asarlarini qayta bosishga ruxsat berilmagan, hatto uning nomi ham ommaviy ravishda yodga olinmagan. 1956 yilda Xrushchyov davri boshlanishi bilan Cho‘lpon nomi reabilitasiya qilindi, ammo shunga qaramay Cho‘lpon sovet o‘zbeklari uchun taqiqlangan shaxs bo‘lib qoldi. Xrushchyov hokimiyati davrida ham uning asarlari qayta nashr etilmagan.

1968 yilda o‘zbek ziyolilari Cho‘lponning bir nechta she’rlarini o‘zbek she’riyati antologiyasiga kiritishga harakat qilishgan, ammo mahalliy kommunistik partiya rahbariyati tezda nashr etishni to‘xtatgan.

Cho‘lponning tarjimai holining eng asosiy tafsilotlari bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud. Uning tug‘ilgan yili to‘g‘risidagi manbalar bir-biridan farq qiladi. Ko‘pchilik Cho‘lpon 1897 yilda tug‘ilganini aytadi, ammo boshqalar 1894 yoki 1898 yilda tug‘ilgan deb faraz qilishadi.

Cho‘lpon tug‘ilgan shahar, Andijon shahrida 2017 yilda shoir tavalludining 120 yillik yubileyini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Stalinizm tarixni o‘chirib tashlaganligi sababli mamlakat akademiklari hech qachon Cho‘lponning to‘liq asarlar to‘plamini nashr etishmagan.
Bu Cho‘lponni qanday talqin qilishda yanglishmovchiliklarga olib keldi.

Sovet Ittifoqi o‘zbekistonlik sosialistik yozuvchilar uchun katta ishlarni amalga oshirdi. Ammo bir haqiqat mavjudki, ular buni hech qachon tan olishmasa ham, o‘zbek sosialistik yozuvchilarining faoliyati Cho‘lponning o‘zbek tilidagi poyetikasida erishgan yutuqlari ta’sirida bo‘lgan. Shubhasiz, sosialistik imperiya Cho‘lpon ijodini tadqiq etishga xayrixohlik qilmagan. Zamonaviy O‘zbekiston ham filologik tadqiqotlarga sarmoya bermaydi. Shu sababli qo‘lyozmalarni o‘rganish borasida muammolar mavjud. Cho‘lponni tadqiq etishda turli yillarda chiqqan to‘plamlarga va 1920-1930 yillardagi asl manbalarga murojaat qilish kerak, ularning ko‘pi to‘liq emas, sahifalari yo‘q yoki ba’zi so‘zlar o‘qib bo‘lmaydigan ahvolda.

Cho‘lponning mashhur she’rlaridan biri o‘zbek yozuvchisi Hamid Ismoilning "Jinlar bazmi" romaniga epigraf qilib olingan. Bu she’r turli yillardagi nashrlarda turlicha tinish belgilarida uchraydi. Tinish belgilaridagi farq tufayli bu qisqa she’rni turlicha talqin qilish mumkin. Bir variantda biz she’rni lirik personaj tilidan o‘qiymiz, boshqasida esa shayton tilidan o‘qiymiz.

Qizig‘i shundaki, “Kecha va kunduz” romanining faqat “Kecha” qismi mavjud. Olimlarning taxminicha, Cho‘lpon “Kunduz" qismini ham rejalashtirgan yoki yozgan bo‘lishi ham mumkin. Dilogiyaning to‘liq emasligi olimlarga Cho‘lponning maqsadi haqida taxmin qilish imkoniyatini berdi. Ba’zi olimlar Cho‘lpon faqat “Kecha”ni yozgan, “Kunduz” qismi borligi haqidagi mulohazalar sovet kuzatuvchilarini mamnun qilish aytilgan deyishadi. Boshqalari esa Cho‘lpon “Kunduz”ni ham yozgan, lekin NKVD uni hibsga olishganda asar musodara qilinib, yo‘q qilingan deb hisoblashadi.

Bu fikrlar meni qoniqtirmagan, shuning uchun tarjimaga kirishganimdan beri yangi dalillarni izlayapman.

Men “Kunduz” qismining yo‘qligi Cho‘lponning estetik niyatiga mos keladi deb hisoblayman. Cho‘lpon hayoti davomida estetik jihatdan beqiyoslikka intilgan, uning qahramonlari cheksiz epifaniyalarni boshdan kechiradi va hech qachon oxiriga yetib bormaydi. Qahramonlarining rivojlanishi singari Cho‘lponning dilogiyasi ham xulosalanmaydi.

Cho‘lponning bu adabiy talqinlari O‘zbekistonning buguni va kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi O‘zbekiston Cho‘lponni Sobiq ittifoq qatag‘onida shahid ketgan ziyoli sifatida ta’kidlaydi. O‘zbekiston Cho‘lpon asarlarini chop qilish, yubileylariga homiylik qilish va asarlarini maktabda o‘qitishga harakat qilmoqda. Lekin davlat o‘z manfaati yo‘lida Cho‘lpon shaxsini antidemokratik yoki millatchilikka qarshi siyosat nuqtai nazaridan kelib chiqib talqin qilishi ham mumkin. Cho‘lpon hayoti va ijodiy merosi shu paytgacha to‘liq tadqiq qilinmagan va har doim talqin qilishda xatolar uchraydi.

Men tarjimam bilan bu ajoyib va sirli san’atkorni ingliz tilli o‘quvchilarga yetkazaman. XX asr boshidagi o‘zbek adabiyoti va tarixini tavsiflovchi matn va ma’lumotlarning kamligi bilan tanishgan ingliz tilli kitobxonlar Cho‘lpon va O‘zbekistonning o‘tmishiga oid muhokamalarga qo‘shilishlari mumkin.

Kristofer Fort AQShning Detroyt shahrida yashaydi. XX asr va zamonaviy o‘zbek adabiyoti mutaxassisi. Yozuvchi Isajon Sultonning «Boqiy darbadar» romanini ingliz tiliga o‘girgan. Ayni vaqtda Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romani tarjimasi nashr qilinish arafasida.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

“Agar mening qo‘limda bo‘lsa, men neftni olib qo‘yar edim. Lekin AQSh xalqi buni tushunmaydi deb o‘ylayman,” — Tramp

Эрон халқи қурол олса, қаршилик кўрсатади. Агар уларда қурол бўлса, Эрон жуда тез таслим бўлар эди.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Президент Шавкат Мирзиёев 6 апрел куни иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.