Chiroqchilik IIB xodimlari qotillikni yashirish uchun guvohlarning og‘zini yopishga uringanmi?

A A A
Chiroqchilik IIB xodimlari qotillikni yashirish uchun guvohlarning og‘zini yopishga uringanmi?

Chiroqchi tumanida o‘g‘rilikda gumonlangan 32 yoshli fuqaroni urib o‘ldirgan IIB xodimlari o‘z qilmishini yashirishga ham uringan. Bu haqda marhum YU.A. bilan birga kaltaklangan ota-bola — Qurbon Ostonoyev hamda Bahrom Avliyoqulovlar ma’lum qildi, deya xabar berdi «Daryo» muxbiri.

Foto: «Daryo»

«Daryo» muxbiri Otabek Qo‘ldoshev kaltaklanish oqibatida vafot etgan marhumning yaqinlari hamda o‘sha kuni voqea joyida bo‘lgan ota-bola bilan bilan suhbatlashish uchun Chiroqchi tumanida bo‘ldi.

Bahrom Avliyoqulov
Foto: «Daryo»

— Prokuratura voqeani so‘rab-surishtirishni boshlagach, bizni kaltaklagan IIB xodimlaridan biri otamga «‘uchastkavoy’laringni qutqarib qolsalaring, urgani yo‘q, deb yuborsalaring, rozi qiladi» dedi, — deydi Bahrom Avliyoqulov.

Ayni paytda tuman shifoxonasida davolanayotgan ota-bolaning aytishicha, tuman IIB binosida vafot etgan marhum YU.A. kaltaklanayotgan payt ular ham o‘sha yerda bo‘lgan. Ular ham IIB xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklangan.

Qurbon Ostonoyevning aytishicha, u 21 yanvar kuni kechki payt qishloq profilaktika inspektori tomonidan tuman IIBga olib borilgan.

Qurbon Ostonoyev
Foto: «Daryo»

— «Uchastkavoy» meni IIBga olib borgach, Nurbek ismli xodimga topshirdi, — deydi Qurbon Ostonoyev. — Xodim meni ko‘rishi bilan haqorat qila boshladi. Tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan so‘kdi. Avval old tomonimga, keyin orqamga ikki marta tepdi, mushtlab urdi. «Marhum YU.A.dan mol sotib olganmisan?», deb so‘radi. Men esa avval 4 bosh, keyin 2 bosh qoramol sotib olganimni aytdim. Javobimdan qoniqmadi, shekilli, meni urishda davom etdi.

Qurbon Ostonoyevning ma’lumot berishicha, uni urib so‘kishgani, haqorat qilishgani yetmagandek burchakka qo‘lini ko‘tartirib, tik turg‘izib qo‘yishgan.

— Nurbek ismli xodimdan so‘ng yonimga Anvar degani keldi, — deydi Qurbon Ostonoyev. – U ham haqorat qildi, urdi. Javoblarim ma’qul kelmadimi «protivogaz» kiydirib, qiynoqqa sola boshladi. Xuddi yosh boladek chakkamga tarsaki tushirardi. O‘sha kuni xona burchagida qo‘limni ko‘tartirib, turg‘izib ham qo‘yishdi. O‘zlari esa uxladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 21 yanvar kuni kechki payt soat 7-8 larda tuman IIBga olib borilgan Qurbon Ostonoyev 22 yanvar kuni ham so‘roq qilingan. Hatto pichoq bilan qo‘rqitilgan.

— 22 yanvar kuni tong payti Anvar ismli xodim yana so‘roq qilishni boshladi: urdi, tepdi, — deydi Qurbon Ostonoyev.— Hatto pichoq ham tirashdi. Pichoq sopi bilan boshimga uravergach, pichoq sopi sindi. Ammo ularning qiynog‘i tugamadi.

Qurbon Ostonoyevning oyog‘idagi kaltak izlari
Foto: «Daryo»

Qurbon Ostonoyev voqeani eslashicha, uni marhum YU.A. bilan yuzlashtirishgan.

— YU.A.ni ko‘rganimda ahvoli juda yomon edi, yuzlari qorayib, shishib ketgandi, — deya marhumning ahvoli haqida eslaydi Q.Ostonoyev. — Aftidan, juda ko‘pchilik bo‘lib urishgan.

Bahrom Avliyoqulov ham marhumni ko‘rganida ahvoli yomonligini, yuzlari qorayib, tanib bo‘lmas darajaga kelganini aytmoqda.

— IIBga borgan paytim avval otamning oldiga olib borishdi va «Taniysanmi?», deb so‘rashdi, — deydi Bahrom Avliyoqulov. — «Otam», dedim. So‘ng YU.A.ning yoniga olib borishdi. Stulda o‘tirgan YU.A. orqaga zo‘rg‘a qaradi. Yuzlari shishib, qorayib ketgan ekan. Ahvoli yomonligi sezilib turardi. Yonida 4-5 nafar IIB xodimlari bor edi. Uni urishayotgan ekan.

Qurbon Ostonoyevning oyog‘idagi kaltak izlari
Foto: «Daryo»

Ma’lum bo‘lishicha, Bahrom Avliyoqulov otasi Qurbon Ostonoyevdan bir kun keyin — 22 yanvar kuni kechki payt soat 7-8 larda uyidan olib ketilgan.

— Kechki payt soat 7-8 larda Alisher posbon keldi, yonida IIB xodimi ham bor edi, — deydi Bahrom Avliyoqulov. — «Seni olib ketishimiz kerak», deyishdi. Onamga aytib, tuman IIBga ketdik. Borgach, eshikdan «Avliyoyevga», deb olib kirishdi. Ichkariga kirganimizdan so‘ng Alisher posbon «Seni urishadi endi», degach qo‘rqib ketdim. Uchinchi qavatga olib chiqishdi. Qavat oxiridagi xonaga qamab, kaltaklay boshlashdi. O‘g‘rilikni bo‘ynimga olishimni so‘rashdi. Men qilmaganman, deganimdan so‘ng «Bo‘yniga olmas ekan», deb yotqizib tovonimga «dubinka» bilan urishdi. Avvaliga 2 kishi kaltakladi. So‘ngra 4-5 kishi kirib urishdi.

Bahrom Avliyoqulovning aytishicha, u turgan xonaga kaltaklanayotgan YU.A.ning baqirgan ovozi eshitilgan.

— YU.A.ni bizga nisbatan ham ko‘p urishdi, shekilli, baland ovozda baqirardi, — deydi Bahrom Avliyoqulov. — Uni urgan xodimlar meni ham urishardi. Uning ko‘kargan yuzini, holsiz tanasini ko‘rsatib, «Seni ham shu ahvolga solamiz», deyishdi.

Sharofat O‘roqova
Foto: «Daryo»

Qurbon Ostonoyevning tumush o‘rtog‘i Sharofat O‘roqovaning aytishicha, qishloq «uchastkavoyi» «Eringiz yarim soatda qaytib keladi», deb turmush o‘rtog‘ini olib ketgach, Qurbon Ostonoyev o‘sha kechasi uyiga qaytmagan.

— 21 yanvar kuni turmush o‘rtog‘im uyga kelmagach, 22 yanvar kuni ertalab tuman IIBga bordim, — deydi Sharofat O‘roqova. — Qor yog‘gani uchun yo‘llarda rosa qiynaldim. Borsam, erimni «uchastkavoy» sudrab olib ketayotgan ekan. Nima bo‘ldi, desam, «Hozir bir narsani so‘rayapmiz, qo‘yvoramiz», dedi. Yonimdagi 3 ming so‘m pulga somsa olib, «uchastkavoy»ga erimga berishini so‘radim. U esa erim ovqatlanganini, uyga qaytib ketaverishim kerakligini aytdi. Chorasiz uyga qaytdim.

IIB xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan ota-bolaning eslashicha, ularni 23 yanvar kuni tungi soat 1:30 da qo‘yib yuborishgan. Ular o‘sha payt YU.A.ning o‘lganidan bexabar bo‘lgan.

Foto: «Daryo»

— Kechasi soat 1:30 da qo‘yib yuborishgach, qutulganimizga shukur qilib ko‘chaga chiqdik, — deydi Qurbon Ostonoyev. — Mashina yo‘qligi sabab 2 soat ko‘chada o‘tirdik. Uchragan mashinaga qo‘l ko‘tarib, tong azon 5 ga yaqin qishloqqa kirib boraverganimizda, ortimizdan 3 ta Matiz bordi. Biri bizni yana IIBga olib ketdi. Bilsak, YU.A. o‘lib qolgan, prokuratura esa voqeani surishtirayotgan ekan. IIB xodimlari ularning aybini aytmasligimizni so‘rashdi. Prokuratura so‘roq qilganda esa bizni urishganini tan olmadi.

Qurbon Ostonoyevning ma’lumot berishicha, uni kaltaklaganlar 7-8 kishini tashkil etadi. Ammo 6 nafarini tanigan, 3 nafari bilan prokuratura xodimlari oldida yuzlashtirilgan.

— Adham, Nurbek, Anvar ismli xodimlarni yaxshi tanib qoldim, — deydi Qurbon Ostonoyev.

Marhum YU.A.ning turmush o‘rtog‘i Go‘zal Abdiyevaning «Daryo» muxbiriga aytishicha, turmush o‘rtog‘i Langar qishlog‘ida sodir etilayotgan o‘g‘rilikda qishloq profilaktika inspektorining qo‘li borligini bilib qolgan.

Go‘zal Abdiyeva
Foto: «Daryo»

— Qishloqdoshimiz Isroil Yusupovning moli yo‘qolgach, turmush o‘rtog‘imni o‘g‘rilikda ayblashdi, — deydi Go‘zal Abdiyeva. — Ammo yo‘qolgan mol Tarag‘ay qishlog‘idagi Bo‘riyev Mahmadalining uyidan chiqdi. Erim shuni telefoniga «syomka» qilib, «uchastkavoy»ga ko‘rsatgan. Ammo «uchastkavoy» ishni yopdi-yopdi qilgan. Erim ularning bir dasturxonda o‘tirganini ko‘rgan. Shuning uchun ham «uchastkavoy»ga «Sen ishni yopdi-yopdi qilding», deb ko‘p urishardi. Shu sababli erimni o‘ldirishdi, endi menga ham biror nima qilishlaridan qo‘rqyapman.

Marhumning yaqin qarindoshi Feruza Abdurahmonova ham marhum profilaktika inspektorining qishloqdagi o‘g‘rilikka aloqasi borligini bilib qolgani uchun o‘ldirilgan degan fikrda.

— Marhum amakim tirikligida «Men ‘o‘g‘rilarga sizlarning bir sirlaringizni bilaman, ammo buni tegishli tashkilotlarga aytaman’ dedim» degandi, — deydi Feruza Abdurahmonova. — Bu gapni o‘sha o‘g‘rilar to‘dasidagi odamga aytgan. Amakim «uchastkavoy»ning o‘g‘rilar bilan birgaligini bilgani uchun ham o‘ldirilgan.

Feruza Abdurahmonova, Xolposhsha Abdurahmonova, Mahmarizo Abdurahmonov.
Foto: «Daryo»

Marhumning akasi Mahmarizo Abdurahmonov hamda opasi Xolposhsha Abdurahmonovaning aytishicha, marhumning jasadini uyiga olib kelayotgan IIB xodimlari qishloqqa kirmay, qorong‘i tushishini kutgan. Jasadni ko‘chada ancha payt ushlab turgan.

— Qorong‘i tushishini kutib, jasadni yuvmay ko‘mishimizni xohlayapsanmi, deb IIB xodimlari bilan tortishdim va majburlab qishloqqa olib kirdim, — deydi Mahmarizo Abdurahmonov. – Biz kelib qolmasak, jasadni ko‘chada mahtal qilib o‘tirishar ekan.

Shuhrat Abdurahmonov
Foto: «Daryo»

Marhumning akasi Shuhrat Abdurahmonovga ko‘ra, Langar qishlog‘iga borib, IIB xodimlarining qamoqqa olinganini aytgan prokuratura xodimi viloyat prokurorining o‘zi bo‘lgan.

«Daryo» muxbiri Chiroqchi tuman IIBda ham bo‘lib, mas’ullar bilan ko‘rishishga, ochiq qolayotgan savollarga javob olishga urindi. Ammo IIB mas’ullari ko‘rishishni istamaganidanmi na muxbirni ichkariga qo‘yishdi, na o‘zlari chiqishdi. Bu ham yetmaganidek, IIB binosini suratga olayotgan muxbirga atrofni kuzatib turgan IIB xodimlari e’tiroz bildirib, suratga olish mumkinmasligini aytishdi.

Chiroqchi tuman IIB
Foto: «Daryo»

Eslatib o‘tamiz, marhum YU.A.ning o‘limi bilan bog‘liq voqeaga munosabat bildirgan Qashqadaryo prokuraturasi marhum 2020 yil 23 yanvar kuni soat 01:50 da vafot etganini, Chiroqchi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan O‘zR JKning 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilayotganini yozgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

Xitoy AQShni ogohlantirdi

Хитой Ҳормуз бўғозидан фойдаланиш, Эрон билан савдо алоқалари ва энергетика келишувларини давом эттиришини маълум қилди.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Eronga qarshi urushda AQSh qancha mablag‘ zarar ko‘rganini bilasizmi?

Бу ҳақда Iran War Cost Tracker нашри хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida ikki yuk kemasi hujumga uchradi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар берди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi inqiroz: Tramp Oq uyda shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi

Америка етакчиси Дональд Трамп Оқ уйда Ҳўрмуз бўғозидаги вазият ва Эрон билан музокаралар бўйича йиғилиш ўтказди.

Hatto ayiqlar ham AQSh askarlariga hujum qilmoqda

Бу ҳақда Associated Press нашри хабар берди.

Osiyoning eng boy odami kim?

Бу ҳақда Zakon.kz сайти хабар бермоқда.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.

Germaniyada chap ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshdi — BILD

Бу ўтган йилга нисбатан учдан бирдан кўпроқ ўсишни англатади.

Rus tilida so‘zlashuvchi generalning Mossad rahbari etib tayinlanishi Isroilda tanqid qilindi

Маълумотларга кўра, рус тилида равон сўзлашувчи беларуслик муҳожир Роман Хоффман разведка хизматининг 14-раҳбари бўлди.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi

Тунда қаттиқ овоз бўлди. Ҳамма уйдан чиқиб кетди. Қўрқиб кетдик”, — дейди қўшнилардан бири.

“Ravshan Zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

Омма орасида “Равшан Золотой” номи билан танилган, таниқли тадбиркор Ғофур Раҳимовнинг жияни Равшан Муҳитдинов интерпол орқали қидирувга берилган.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Дилшод Аҳмедов 2024 йил 16 октябрда “Ўзметкомбинат” АЖ бошқарув раиси этиб тайинланган. 2025 йил август ойида эса лавозимидан озод этилганди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.

AQSh Senati to‘rtinchi marta Erondagi urushni to‘xtatishdan bosh tortdi

Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Натижада, автомашинада кетаётган Қўшкўпир туманида яшовчи, 2002 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахсга тегишли 4 кг 541 гр “опий” моддаси борлиги аниқланди

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Гап мамлакатдаги нефт маҳсулотларининг 10 фоизигача бўлган қисмини таъминлайдиган корхона ҳақида бормоқда.