Chirchiqdagi bog‘chada tarbiyachi tarbiyalanuvchi bolaga baqirib, uni hojatxonaga qamab qo‘ydi

Chirchiqdagi bog‘chada tarbiyachi tarbiyalanuvchi bolaga baqirib, uni hojatxonaga qamab qo‘ydi

Chirchiqdagi bog‘chada murabbiy bolakayni urganligi aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi.

Aniqlanishicha, voqea Chirchiq shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida 8 fevral kuni sodir bo‘lgan. Bog‘cha tarbiyachisi oilaviy sabablarga ko‘ra asabiy holatda bo‘lganligi tufayli tushlik paytida uxlamay yig‘layotgan bolaga bir necha bor baqirib, so‘ng bolani urib hojatxonaga qamab qo‘ygan.

Hozirda mazkur tarbiyachi Mehnat kodeksining 161-moddasining 5-bandi (xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilish) asosida lavozimidan ozod etilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda va tarbiyachining harakatiga huquqiy baho berilmoqda.

"Bolalar ombudsmani mazkur fakt bo‘yicha bolaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan o‘z kuzatuvini qat’iy davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!