Chimboyda zamonaviy turar joy foydalanishga topshirildi

Chimboyda zamonaviy turar joy foydalanishga topshirildi

Joriy yilning  30 avgust kuni Chimboy tumanidagi “Kokshi qala” MFYda zamonaviy tipdagi qurilgan turar uy foydalanishga topshirildi.

Ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni mustaqilligimizning  28 yillik bayrami bilan samimiy tabriklab, Muhtaram Prezidentimiz rahnomaligida mamlakatimizda kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga qaratilayotgan e’tibor va ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar haqida aytib o‘tdi.

Barcha sharoitlarga ega, jami 16 ta xonodonga mo‘ljallangan turar joy asosan imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarga, yolg‘iz boshli keksalar va turli javhalarida faollik ko‘rsatayotgan yosh oilalarga berildi.  Shuningdek, Yoshlar ittifoqi ko‘magi bilan 3 nafar yosh oilaga boshlang‘ich to‘lamlarsiz berilganligi ham e’tiborga loyiq.

Tuman hokimi har bir xonodonga kirib, uy egalarini tabrikladi, topshirilgan uyning sharoitini o‘rgandi va xonadon egalarini bir yerga jamlab, ularni ahillikda yashashga chorladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!