Chexiya prezidenti Pavel: NATOga Ukrainaning a’zo bo‘lishi borasida bir ovozdan qaror qabul qilish oson bo‘lmaydi

Chexiya prezidenti Pavel: NATOga Ukrainaning a’zo bo‘lishi borasida bir ovozdan qaror qabul qilish oson bo‘lmaydi

Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari uchun Ukrainaning NATOga kirishi bo‘yicha bir ovozdan qaror qabul qilish oson bo‘lmaydi.

Bu fikrni Chexiya prezidenti Petr Pavel Polshaning Rzeczpospolita nashriga bergan intervyusida bildirdi.

“Ochig‘ini aytsam, bu qiyin bo‘ladi deb o‘ylayman. NATO 30 ta davlat... Bunday guruhda umumiy qaror qabul qilish qiyin”, - deya javob berdi u tegishli savolga.

Pavel "umumiy sa’y-harakatlar va Ukraina uchun himoyachi bo‘lgan ba’zi mamlakatlar tufayli bir muncha vaqt o‘tgach" bu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishishiga umid bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!