Chempionlar ligasi finali Istanbulga 75 million yevro olib keladi

Chempionlar ligasi finali Istanbulga 75 million yevro olib keladi

2023-yilning 10-iyun kuni Istanbuldagi Otaturk stadionida bo‘lib o‘tadigan UYEFA Chempionlar Ligasi finali Turkiya metropoliga 75 million yevrolik iqtisodiy foyda keltiradi.

Istanbulda final o‘yiniga tayyorgarlikka bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Chempionlar ligasining bosh homiysi Mastercard kompaniyasi tashkil qiladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan MasterCard’ning Turkiya va Ozarbayjon bo‘yicha bosh direktori Avshar Gurdal kompaniyaning 30 yilga yaqin Chempionlar Ligasining bosh homiysi bo‘lib kelganini eslatdi.

“Bu yil Chempionlar ligasi finali Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Mastercard oxirgi uchta finalga mezbonlik qilgan shaharlarda to‘lov kartalari xarajatlarini o‘rgandi. Turkiyaning 2022-yilda turizmdan tushgan daromadi 44 milliard yevroni tashkil etdi, uning 40 foizi Istanbuldan kelgan. Bu ma’lumotlarni hisobga olsak, final o‘yini Istanbulga 75 million yevro foyda keltirishini taxmin qilish mumkin”, dedi u.

Tadbirda ishtirok etgan Turkiyaning Garanti BBVA kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Murat Chagry Suzer, muxlislar muhim o‘yinlar vaqtida sport yodgorliklariga ko‘proq pul sarflashni boshlaganini aytdi.

«Masalan, o‘yinlar arafasida muxlislar sevimli jamoalari do‘konlarida taxminan 3,5 baravar ko‘proq xarid qilishadi. Qolaversa, o‘yin kunlarida restoranlarda jami xarajatlar 23 foizga oshadi”, — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!