"Chelsi"ni Neymar qiziqtirmaydi

"Chelsi"ni Neymar qiziqtirmaydi

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, "Chelsi" "PSJ" hujumchisi Neymarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi emas.

Oldinroq londonliklar futbolchiga ko‘z tikishayotgani xabar qilingandi. "PSJ" jarohati tufayli futbolchisini sotmoqchi. U mavsumning qolgan qismida maydonga tushmaydi.

Futbolchining o‘zi parijliklar safini tark etishni istamayapti va kelajakda faoliyatini "PSJ"da yakunlash niyatida. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Umuman olganda, hujumchi Fransiya 1-ligasining joriy mavsumida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!