Chekishni tashlagan odamlarda ruhiy salomatlik yaxshilanadi – olimlar

Chekishni tashlagan odamlarda ruhiy salomatlik yaxshilanadi – olimlar

Oksford universiteti olimlari chekishni tashlash ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan va bo‘lmagan odamlarning ruhiy salomatligini yaxshilashi mumkinligini aniqlashdi.

Tadqiqotda 2011 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrda chekishning salbiy ta’sirini baholash uchun randomizasiyalangan klinik sinov ma’lumotlaridan foydalanilgan, bunda 4260 ishtirokchi qatnashgan. Tadqiqotlarning taxminan yarmida ruhiy kasallik tarixi bor edi.

Olimlar sigaretani chekishdan 9-24 hafta davomida voz kechishning ta’sirini o‘rganishdi. Chekishdan oldin va keyin ishtirokchilardan ruhiy salomatlik haqidagi savollarni o‘z ichiga olgan anketalarni to‘ldirish so‘raldi. Xususan, tashvish va depressiya darajasi 0 dan 21 gacha bo‘lgan klinik reyting shkalasi yordamida o‘lchandi.

Namunadagi dastlabki o‘rtacha ball tashvish uchun 4,25 va depressiya uchun 2,44 ball edi. Chekishni tashlagandan keyin 24 hafta o‘tgach, bemorlar ahvoli yaxshilangani ma’lum bo‘ldi. Chekishni to‘xtatganlar chekishni davom ettirgan guruh bilan solishtirganda ularda tashvish (minus 0,4 ball) va depressiya (minus 0,47 ball) kamaygani aniqlandi, deb xabar beradi lenta.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!