Chechenistonning "Axmat" harbiy qismi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun yangi avtomashinalarni oldi

Chechenistonning "Axmat" harbiy qismi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun yangi avtomashinalarni oldi

Chechenistonning "Axmat" harbiy qismi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun yangi avtomashinalarni oldi, shu jumladan Xitoyda ishlab chiqarilgan 8 ta ShaanXi Tiger 4x4 zirhli transportyorlari ham bor. Bungacha Xitoy bir necha bor Rossiyaga harbiy yetkazib berishni rad etgan, deb xabar beradi “Kavkaz.Realii”.

7 iyun kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning "Telegram"ida yangi jihozlar aks etgan video paydo bo‘ldi. U o‘zining yaqin hamkorlari bilan bronetransportyorlardan birini haydab, “birorta ham o‘q yetmaydigan” “eng yaxshi mashina” ekanligini e’lon qildi. Xuddi shu zirhli transport vositalari Shaanxi Baoji Special Vehicles Manufacturing ishlab chiqaruvchisi katalogida mavjud.

Xorijiy manbalar Xitoy Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga turli jihozlar va butlovchi qismlar yetkazib berayotgani haqida bir necha bor xabar bergan. Ammo Pekin o‘zini betaraf deb da’vo qiladi va urushayotgan tomonlarning hech biriga qurol bermasligini aytib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!