Chechenistonda Ramazon Hayiti kunlari harakatlanish taqiqlab qo‘yildi

Chechenistonda Ramazon Hayiti kunlari harakatlanish taqiqlab qo‘yildi

Checheniston Ichki ishlar vazirligi Ramazon oyining tugashi munosabati bilan nishonlanuvchi Ramazon Hayiti bayrami kunlari respublika bo‘ylab harakatlanishni taqiqlab qo‘ydi.

Respublika ichki ishlar vaziri Ruslan Alxanovning bayonotida ta’kidlanishicha, «o‘zini izolyasiyalash» rejimini buzganlar qonun doirasida ko‘rsatilgan tartibda qattiq jazolanadi.

Checheniston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada koronavirusga chalinish bo‘yicha 1005 ta holat qayd etilgan (ularning 92 nafari shifokor), hozirga qadar 620 kishi sog‘aygan bo‘lsa, 11 kishi vafot etgan.

Shuningdek, Kabardin-Bolqorda ham Ramazon Hayiti munosabati bilan dam olish kunlari e’lon qilingan. Dog‘istonda esa bayram sabab qo‘shimcha cheklovlar joriy etilgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dog‘istondagi koronavirusga bog‘liq vaziyat sabab barcha musulmonlardan Hayit bayramini uyda o‘tkazishga chaqirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!