Buyuk Britaniyaga 6000 yil ichida birinchi marta yovvoyi bizonlar qaytariladi
Britaniyalik zoologlar yovvoyi bizonlarni qayta ko‘paytirish loyihasini ishlab chiqishmoqda.
Birinchi kichik podani 2022 yilda Kent grafligi hududiga chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, hayvonlar (bir erkak va uch urg‘ochi) populyasiyalari muvaffaqiyatli rivojlanayotgan Niderlandiya yoki Polshadan olib kelinadi, deya xabar bermoqda The Guardian.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 70-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ushbu yovvoyi hayvonlar soni 60 foizga kamaygani bois ekologlarning harakatlariga qaramay, mamlakat eng qashshoq davlatlardan biriga aylangan.
Bir vaqtlar bizonlar Britaniya o‘rmonlarining asosiy turlaridan biri bo‘lgan va ularning yo‘qolishi ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Olimlarning fikricha, bizonlarning mamlakatga qaytarilishi boshqa turlarga, xususan bulbullar hamda yovvoyi kabutarlarga yordam beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yaylov bizoni bu hududdan 6000 yil oldin atrof-muhitning o‘zgarishi va faol ov qilish natijasida g‘oyib bo‘lgan. 2022 yilda tabiatga qo‘yib yuboriladigan Yevropa bizonlari esa ularning bevosita avlodlaridir.
Zoologlarning ta’kidlashicha, bizonlar yirik hayvonlar (erkak bizon bir tonnagacha og‘irlikka ega bo‘lishi) bo‘lishiga qaramay beozor bo‘lishadi. Shu bois sayyohlarga ularni uzoqdan tomosha qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi.
