Buyuk Britaniyada Yelizaveta II ga birinchi yodgorlik ochildi

Buyuk Britaniyada Yelizaveta II ga birinchi yodgorlik ochildi

Elizaveta II ga Buyuk Britaniyadagi birinchi yodgorlik Angliyaning Okem shahridagi kutubxona yaqinida ochildi, deb xabar beradi Daily Mail.

Ochilish marosimi uning tug‘ilgan kunida, 21 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Haykalning balandligi 2 metrdan oshadi. Unda yosh malika rasmiy libosda, uchta korgi hamrohligida tasvirlangan.

Bronzadan yasalgan yodgorlik 124 ming dollarga tushdi va u tuman aholisining xayr-ehsonlari evaziga qurilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yelizaveta II 2022 yil 8 sentyabrda 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!