Buyuk Britaniya Isroildagi elchixonasini Quddusga ko‘chirmoqchi

Buyuk Britaniya Isroildagi elchixonasini Quddusga ko‘chirmoqchi

Liz Trass Buyuk Britaniyaning Isroildagi elchixonasini Quddusga ko‘chirish haqida o‘ylamoqda.

Britaniya hukumatidagi manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, Trass bu haqda isroillik hamkasbi Yair Lapidga ma’lum qilgan. Hozirga qadar Isroil rasmiylari bu xabarga izoh bermadi.

Buyuk Britaniya Isroil poytaxti noqonuniy ravishda Quddus deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, o‘z diplomatik vakolatxonasini Tel-Avivda joylashtirib kelayotgan edi. The Jerusalem Post bilan suhbatlashgan amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Lapid Trass elchixonani ko‘chirishiga umid bildirgan.

Bosh vazirlikka saylanish arafasida Liz Trass Isroilning konservator tarafdorlariga yozgan maktubida elchixona joylashgan shaharni o‘zgartirishini va bu masala “muhim hamda nozik”ligini tushunishini ma’lum qilgan.4“O‘zimning ajoyib do‘stim Lapid bilan bu masalada ko‘p gaplashdim. Tan olaman, men bu qadamni Isroil bilan mustahkam asoslarda ishlayotganimizni bildirish uchun ko‘rib chiqyapman”, — Trass.

AQSh sobiq prezidenti 2017 yilda Qo‘shma Shtatlar elchixonasini Quddusga ko‘chirishini e’lon qildi va bir yildan so‘ng buni amalga oshirdi. Bu falastinliklarning nafratiga hamda xalqaro hamjamiyat keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Tramp ma’muriyati shuningdek, uzoq yillar Falastin uchun amalda AQSh elchixonasi vazifasini o‘tagan Quddusdagi konsulxonani ham yopdi. Hozirda Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi bo‘lgan Entoni Blinken uni qayta ochishga va’da bergan.

Hozirda AQShdan tashqari, Kosovo, Gonduras va Gvatemala ham Isroildagi elchixonasini Quddusga ko‘chirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!