Buyuk Britaniya afg‘on qochqinlaridan Tolibon tomonidan tasdiqlangan ingliz tilidagi hujjatlarni talab qildi

Buyuk Britaniya afg‘on qochqinlaridan Tolibon tomonidan tasdiqlangan ingliz tilidagi hujjatlarni talab qildi

Qirollik Mudofaa vazirligi dastlab bunday amaliyotni rad etdi, biroq keyin «xato» uchun uzr so‘radi va tekshirishni boshladi, deb yozadi The Independent.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniya rasmiylari ARAP ko‘chirish dasturining (urush davrida Britaniya kuchlari bilan hamkorlik qilgan odamlar uchun mo‘ljallangan) 37 nafar ishtirokchisiga «noto‘g‘ri ko‘rsatmalar» yuborgan.

Misol uchun, Buyuk Britaniyaga kirish uchun afg‘on tarjimoni bolalarning hujjatlari va nikoh guvohnomasini tasdiqlashga majbur bo‘lgan. U «Tolibon» adliya vazirligiga murojaat qilgan va o‘shandan beri qochib yurgan va ishlay olmay qolgan”, deyiladi maqolada.

Britaniya Mudofaa vazirligi arizachilarga ko‘chirish bo‘yicha yangi ko‘rsatmalar yuborganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!