Buxoroda yo‘l harakati qoidalarini mensimaydigan haydovchiga chora ko‘rildi

Buxoroda yo‘l harakati qoidalarini mensimaydigan haydovchiga chora ko‘rildi

Buxoro shahrining markaziy ko‘chalaridan birida qarama-qarshi yo‘nalishda hamda qoidabuzarligini davom ettirib svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya qilmasdan harakatlangan "Cobalt" rusumli, 80S676OA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi jamoatchilik nazorati vakillarining murojaatiga ko‘ra zudlik bilan aniqlanib, Buxoro shahar IIO FMB YHXB xodimi tomonidan bayonnoma tuzildi.

Haydovchi SH.G.ga nisbatan o‘rnatilgan tartibga ko‘ra BHMning o‘n baravari, ya’ni 2.450.000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!