Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchilar J. Toshpo‘latova, M. Mirzayev va N. Rustamov larga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, ularga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.
Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi J.Toshpo‘latova qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib o‘zining xonadonida saqlanayotgan ko‘p miqdordagi 41,18 (qirq bir butun yuzdan o‘n sakkiz) gramm “opiy” giyohvandlik vositasini 8.200.000 (sakkiz million ikki yuz ming) so‘m pul evaziga qonunga xilof ravishdaoldindan o‘ziga tanish bo‘lgan M.Mirzayevga qonunga xilof ravishda sotish jinoyatini sodir qilgan.
M.Mirzayev sotib olgan 41,18 (qirq bir butun yuzdan o‘n sakkiz) gramm “Opiy” giyohvandlik vositasini o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan N.Rustamovga u bilan oldindan kelishuv asosida 13.000.000 (o‘n uch million) so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan.
N.Rustamov joriy yilning 26 yanvar kuni soat 03:40larda boshqaruvidagi “Lacetti Gentra” rusumli avtomashinasida
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi “Sarmijon” YPX maskanida “Navoiy-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan vaqti DXX Buxoro viloyati boshqarmasi Tezkor bo‘limi va Buxoro viloyati IIB YXXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, to‘xtatib tekshirilganida. avtomashinasi haydovchi o‘rindig‘i polidagi rezina to‘shagi ostida ko‘p miqdordagi 41,18 (qirq bir butun yuzdan o‘n sakkiz) gramm “opiy” giyohvandlik vositasini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay tashib kelayotganligi aniqlangan.
Sud majlisida sudlanuvchilar J.Toshpo‘latovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan 5 /besh/ yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, M.Mirzayevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan 6 /olti/ yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, N.Rustamovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismining “a”bandi bilan 3 /uch/ yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.
Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Урушда ва айниқса 2024 йилда қанча рус аскари ҳалок бўлганидан қатъи назар, экспертлар бир овоздан Россия учун қурбонлар сони рекорд даражада - Иккинчи Жаҳон Урушидан бери энг юқори кўрсаткич деган хулосага келишди.
Microsoft, биринчи навбатда, кам ишлаётган ва кам ишлайдиган ходимларга таъсир қиладиган ходимларнинг қисқаришини тасдиқлади. Ишдан бўшатилганларнинг аниқ сони ҳозирча ошкор этилмаган.
АҚШ Украинага "жуда муҳим" ҳарбий ёрдам пакетини эълон қилмоқчи . Бу ҳақда Пентагоннинг юқори мартабали вакили маълум қилди , дея хабар беради РИА Новости .
Колумбия университети профессори Жеффри Сакс Нетаняҳуни Сурия ва Ироқдаги уруш учун жавобгарликда, шунингдек, АҚШни Эрон билан тўқнашувга ундашда айблаган.
Россия-Украина урушида қурбон бўлган аскарларнинг сонини аниқлаш қийин, чунки экспертлар буни "ҳикоялар уруши" деб аташади. Аниқ нарса шуки, Россия Иккинчи Жаҳон Урушидан бери ҳар қандай урушдан кўра кўпроқ аскарларини йўқотди.