Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini suv bosadi, deya yolg‘on uydirma tarqatib, odamlar o‘rtasida vahima uyg‘otgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda «Daryo»ga Buxoro viloyat IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashov ma’lum qildi.
Buxoroda joriy yilning 27 aprelida kuchli shamol oqibatida sodir bo‘lgan tabiiy ofatdan so‘ng 28 aprelda «Qorako‘l va Olot tumanini suv bosadi» degan norasmiy xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, odamlar orasida kuchli vahima uyg‘otdi.
Ma’lum qilinishicha, buning natijasida aholining katta qismi oila a’zolari bilan birgalikda yashash manzillarini tark etib, turli avtotransport vositalari orqali Jondor tumani hamda Buxoro shahri hududiga o‘tib ketishga harakat qilgan. Yo‘llarda juda katta tirbandlik va tartibsizlik holati yuzaga kelgan.
Holatga oydinlik kiritish maqsadida Olot va Qorako‘l tumanlarida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida aholi orasida vahima uyg‘otgan shaxslar aniqlangan.
«Aynan 28 aprel kuni Qorako‘l va Olot tumanlarida sodir bo‘lgan tabiiy ofat tufayli telefon aloqasining ham bir muddat ishlamay qolgani yolg‘on xabar tarqatuvchi shaxslarni o‘sha soatlarning o‘zida aniqlash imkonini bermadi. Biroq tezkor guruh sa’y-harakati bilan bunday asossiz va vahimali xabar tarqatganlar 4 kishi ekanligi aniqlandi. Bular Qorako‘l tumanining ‘Quvacha’ mahallasi fuqarosi, 51 yoshli Murot Rahmatov va 25 yoshli Otamurod Mattiyev, shu tumanning ‘Yangibozor’ mahallasida yashovchi 43 yoshli Rahimjon Norboyev hamda Olot tumanidagi ‘Jayxunobod’ mahallasi fuqarosi 42 yoshli Umar Nazarov bo‘lgan. Ular Turkmanistondan oqib o‘tuvchi ‘Tukrmanobod’ kanalidan suv toshqini ko‘tarilib, Qorako‘l va Olot tumani hududini suv bosishi mumkinligi to‘g‘risidagi yolg‘on uydirmalarni qo‘ni-qo‘shnilari va mahalladoshlariga tarqatib, aholi orasida vahima uyg‘onishiga sababchi bo‘lgan», — dedi «Daryo» muxbiriga Quvvat Yarashov.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida bu shaxslar o‘zlari orqali tarqatilgan asoslanmagan xabar oqibatida xalq orasida vahima uyg‘onishiga sababchi bo‘lganini tan olgan hamda xalqdan kechirim so‘rab, videomurojaat taqdim qilgan. Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.