Buxoroda er janjal sabab xotinini pichoqladi

Buxoroda er janjal sabab xotinini pichoqladi

Buroxo viloyati Peshku tumanida 2 mart kuni er janjal sabab xotinini pichoqladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 2 mart kuni 20:00 larda Peshku tumani Yangibozor mahallasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan B.A. o‘z xonadonida turmush o‘rtog‘i 1984 yilda tug‘ilgan S.D. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan. Oqibatda turmush o‘rtog‘ining qorin sohasiga oshxona pichog‘i bilan qasddan urib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir qilgan.

Hodisada jabrlangan S.D.ga zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam markazida kechiktirib bo‘lmas muolajalar qilingan va hozirgi kunda davolash ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!