Buxoroda beshta tarixiy yodgorlik buzilishi natijasida sal kam 300 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Buxoroda beshta tarixiy yodgorlik buzilishi natijasida sal kam 300 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Romitan tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, hududda joylashgan 5 ta arxeologiya yodgorligiga turli sabablarga ko‘ra jami 291,4 mlrd. so‘mlik jiddiy shikast yetkazilganligi aniqlandi.

Xususan, noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilganligi sababli, o‘rta asrlarga oid “Tepa 9” arxeologiya merosi ob’ektiga 269,6 mlrd. so‘mlik, “Qalai Mullabektepa” yodgorligiga 19,7 mlrd. so‘mlik, “Amirtepa” yodgorligiga 1,1 mlrd. so‘mlik, “Xo‘ja Haqqitepa” yodgorligiga 832 mln. so‘mlik va “Tepa-5” yodgorligiga 202 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Buxoro viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!