Buxoroda 77 yoshli shifokorning qamalishiga asosiy sabab nima edi?

 Buxoroda 77 yoshli shifokorning qamalishiga asosiy sabab nima edi?

Bildirishda jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tuman sudi raisi ish tafsilotlarini to‘liq o‘rganib chiqmasdan, ayblov asosli yoki asossiz qo‘yilganini tekshirmasdan, SH.Hamrayevni Jinoyat kodeksi 116-moddasi 4-qismining “b” bandi bilan asossiz 2 yil ozodlikdan mahrum qilgani qayd etilib, sudyaning harakatlariga huquqiy baho berish so‘ralgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tuman sudining 2023 yil 22 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, SH.Xamrayev JK 116-moddasi 4-qismining “b” bandi bilan JKning 45-moddasi qo‘llanilgan holda, 3 yil akusher ginekolog shifokori vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilinib, JKning 57-moddasi qo‘llangan holda 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.

Hukmga ko‘ra, SH.Xamrayev 1979 yildan Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona bo‘limida akusher – ginekolog vrachi lavozimida ishlab kelib, kasbiy xizmat vazifalariga beparvolik va insofsizlik bilan munosabatda bo‘lib, 2022 yil 21 oktyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona bo‘limiga 36,4 haftalik (birinchi homila) homiladorlik tashxisi bilan murojaat qilgan 22 yoshli G.H.ga to‘g‘ri va to‘liq tashxis qo‘ymasdan, tug‘ruqning olib borilishiga noto‘g‘ri yondashuvni amalga oshirib, kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazish zarurati bo‘lmagan holda, ko‘rsatmasiz jarrohlik amaliyotini o‘tkazib, bemorda zaruriy intensiv antibakterial davo choralarini boshlamasdan, dinamik kuzatuvlar lozim darajada olib borilmaganligi natijasida bachadon ichi va butun bachadon yallig‘lanishi natijasida keyinchalik bachadon olib tashlanishiga, oqibatda tana a’zolari reproduktiv funksiyalari yo‘qolishi bilan xarakterlanadigan og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan.

Keyinchalik jabrlanuvchi G.H. ushbu kasallik asoratlaridan davolanish uchun jami olti marotaba jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan.

Apellyasiya instansiyasining 2023 yil 27 dekabrdagi ajrimi bilan SH.Xamrayevning ehtiyot chorasi munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan va 29 yanvardagi ajrimi bilan sudning hukmi o‘zgartirilib, SH.Xamrayevning harakatlari JK
116-moddasining 1-qismiga qayta kvalifikasiya qilingan va unga
3 yil akusher ginekolog shifokori vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ushbu sud qarori hozirgi kunda qonuniy kuchida.

Mazkur jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqqan sudyaning xatti-harakatlari Buxoro viloyati sudlari sudyalari malaka hay’ati tomonidan o‘rganib chiqilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!