Buxoro shahrida II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi

Buxoro shahrida II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi

3-5 may kunlari Buxoro shahrida II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi. AOKAda Respublika "Hunarmand" uyushmasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida mazkur festival haqida batafsil ma’lumot berildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-5098-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 8-oktyabrdagi 629-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 martdagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi (20-1) VM 21/24-20-sonli yig‘ilish bayoniga asosan, joriy yilning 3-5 may kunlari Buxoro shahrida II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi.

Festivalning aosiy maqsadi xalq amaliy san’atining zardo‘zlik va zargarlik an’analarini rivojlantirish, ularning noyob namunalarini targ‘ib etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish orqali xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasbiy an’analar va hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklash hamda mintaqaning turizm salohiyatini yanada oshirishdan iborat.

Festival veb-sayti handicrafters.uz takomillashtirildi festival, milliy hunarmandchilik, hunarmandlar, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar joylashtirildi. 2024 yil fevarl oyida orqali festivalda ishtirok etishni istagan xorijiy davlatlardan zardo‘zlik va zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, mahoratli hunarmandlar, amaliy san’at ustalari, soha olimlari hamda mutaxassislari, faxriy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ushbu sayt orqali onlayn tarzda Tashkiliy qo‘mitaga ariza topshirishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari uchun start berildi. Shuningdek, veb-sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari boshlanganligi haqida Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekitonning chet eldagi elchixona va vakolaxonalariga ma’lumot berildi.

2024 yilning 10 aprel kuni ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari yakunlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 70 ta davlatdan 200 nafarga yaqin ishtirokchi festivalga ishtirok etish istagini bildirdi. Hozirgi kunda tashkiliy qo‘mita tomonidan ishtirokchilar saralanmoqda. Festivalga 56 ta davlatdan 100dan ortiq ishtirokchi ishtirok etishi nazarda tutilgan. Jumladan ilmiy amaliy konferensiyaga 7ta davlatdan 7 nafar, nufuzli mehmonlar sifatida 40 nafar, xorijiy ommaviy axborot vositalari sifatida 4 ta davlatdan. Tashkiliy qo‘mita saralagan ishtirokchilarga taklifnomalar yuborilishi boshlanadi.

Festival dasturi ishlab chiqildi. Dastur, festival videoroligi Festival tugagunga qadar kutib olish va kuzatish zallarida, mavjud LED ekaranlarda festivalni targ‘ib etuvchi videoroliklarni namoyish etish va reklama bannerlarini joylashtirish uchun Transport vazirligi, “Uzbekistan airways” AJ , “Uzbekistan Airports” AJ, O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Turizm qo‘mitasi xat bilan yuborildi.

Shuningdek, Festivalda 250 dan ortiq mahalliy hunarmandlar o‘z shogirdlari bilan ishtirok etishlari mo‘ljallanmoqda.
Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, ko‘rik-tanlov, taqdimot va ko‘rgazmalar, teatrlashgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkaziladi.
Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik ishlari Buxoro viloyatda ham olib borilmoqda. Jumladan, Festivalning ochilish va yopilish marosimlarini o‘tkazish uchun 1700 tomoshabinga mo‘ljallangan amfiteatr jihozlari va konstruksiyalari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, Festival g‘oliblari va xorijiy mehmonlarga beriladigan sovg‘alar namunalari viloyat hokimligi hamda “Hunarmand” uyushmasi bilan kelishildi va sovg‘alarni tayyorlash ishlari boshlab yuborildi, Festivalga tashrif buyuradigan hamda bevosita ishtirok etadigan xorijiy va mahalliy mehmonlar, hunarmandlar va ishtirokchilar joylashadigan mehmonxonalar ro‘yxati shakllantirilib xonalar band qilinmoqda. “An’anaviy zardo‘zlik va zargarlik san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish joyi sifatida Buxoro davlat universiteti zali tanlandi, Festival o‘tadigan hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun I Xalqaro zargarlik va zardo‘zlik festivali 2022 yilning 21-24 may kunlari Buxoro shahrida tashkil etildi. Festivalda Respublikamizning barcha hududlaridan 288 nafar hunarmand, shulardan 110 nafar zargar, 37 nafar zardo‘z, 44 nafar kashtado‘z, 97 nafar boshqa yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar ishtirok etdi.Nufuzli tadbirda 58 ta davlatdan 221 nafar xorijlik ishtirokchi, shulardan 112 nafar hunarmand, 9 nafar faxriy mehmon va 4 nafar yuqori martabali mehmonlar qatnashdi. Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Kaddumiy tomonidan Jahon Hunarmandlar Kengashining qadimiy Buxoro shahriga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berilgani to‘g‘risidagi sertifikat topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!