Bunaqasini ko‘rmagansiz! Krishtianu Ronaldu mo‘ylov qo‘ydi (foto)

Bunaqasini ko‘rmagansiz! Krishtianu Ronaldu mo‘ylov qo‘ydi (foto)

Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronaldu seshanba kuni 34 yoshini nishonlaganidan xabaringiz bor. Futbolchi quvonchli kunini yaqinlari davrasida nishonladi.

Ronalduning yaqin do‘stlaridan biri Rikardo Regufe hisoblanadi. Bu inson Krishtianuning karyerasi borasida yakuniy qarorlar qabul qilishida muhim rol o‘ynagan. Ronalduning bugungi darajaga yetishida Rikardoning hissasi katta.

Rikardo Ronaldu bilan tushgan uchta suratini joyladi. Keyin esa uni tavallud kuni bilan tabrikladi. Qizig‘i, uchinchi suratda Krishtianu ko‘zoynak taqqan, uzun sochli (parik) va mo‘ylovli holda aks etgan. Xo‘sh, mo‘ylovli Ronaldu avvalgisidan qanchalik farq qilgan?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!