2020 yil 31 may kuni ijtimoiy tarmoq orqali Bo‘ka tumanidagi maktab o‘qituvchilari bir necha kundan beri majburiy mehnatga jalb etilayotganligi, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani XTBga qarashli 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari maktab direktori tomonidan majburiy mehnatga jalb etilganligi, o‘qituvchilarni majburan uyidan sudragandek olib kelishayotganligi yuzasidan tarqalgan xabarga asosan xodimlar tomonidan yul qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va qonuniylikni ta’minlash maqsadida Adliya boshqarmasi, Bo‘ka tuman Adliya bo‘limi va xalq ta’limi bo‘limi xodimlari va Bo‘ka tumani Davlat mehnat huquq inspektori S.SH.Fayziyev tomonidan 2020 yil 01 iyun kuni o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda XTV matbuot kotibi xabar berdi.
Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur tarqalgan xabar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida Bo‘ka tumani 3-umumiy urta ta’lim maktabi direktori Sunnatillayev Ahmadjon tomonidan 2020 yil 29 aprel kuni maktab o‘qituvchi xodimlarini majmuriy tarzda mehnatga jalb qilgan holati aniqlangan.
Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilganligi holati yuzasidan maktab o‘qituvchilaridan tushuntirish xatlari olinganida murojaat vajlari o‘z tasdig‘ini topganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu bilan Bo‘ka tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 may 349-son “O‘zbekistan Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekistan Respublikasi Mehnat kodeksining 7-modda talablariga rioya qilmaganligi holati aniqlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Bo‘ka tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Ahmadjon Sunnatillayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51- moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik baravaricha) barobari, ya’ni 11 150 000 (o‘n bir million bir yuz ellik ming) so‘m miqdorida jarima ta’sir chorasi qo‘llanilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Мадриднинг “Реал” клуби ҳимоячиси Рауль Асенсио ҳозирда шифохонада бўлиб, унда гастроэнтеритга сабаб бўлган вирусни аниқлаш мақсадида текширувдан ўтмоқда.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.
Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.
Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.
Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.