✅ Qonunda asosiy tushunchalar qatoriga axloqsiz reklama, nomaqbul reklama, rag‘batlantiruvchi aksiya kabi yangi tushunchalar ham kiritildi.
📝 Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda reklamadavlat tilidatarqatilishi va reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak.
🚫Qonunga ko‘ra, quyidagilar taqiqlanadi:
🔹ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish;
🔹ta’lim muassasalarida foydalaniladigan bosma nashrlar(darsliklar, kundaliklar, daftar va boshqalar)da tovarlarni reklama qilish;
🔹narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko‘rsatish;
🔹bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish;
🔹milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish; 🔹energetik ichimliklarning reklamasini soat7:00 dan soat 22:00 gacha televideniye va radio orqali reklama qilish; 🔹tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini reklama qilish.
📌 Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Шунингдек, суғуртасиз машина ҳайдаганларга кўпроқ жазо бериш ва камера таний олмайдиган автомобиль рақамлари муаммосини ҳал қилиш чоралари ҳам кўриб чиқилмоқда.
Исроил муҳосарасидаги Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида очлик ва озуқасизлик сабабли яна 7 нафар фаластинлик вафот этди, улар орасида 2 нафар бола ҳам бор.
Ҳолат юзасидан мазкур мансабдор шахсга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 4-қисми “а” банди ва 211-моддаси 3-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.
Дания матбуотида чоп этилган хабарларга кўра, Германиядан тез ёрдам машинаси етиб келган ва қидирув-қутқарув ишлари итлар ва дронлар ёрдамида олиб борилган.
Покистон ва Ҳиндистоннинг Ҳимолай минтақасида кучли ёмғирлар туфайли сув тошқинлари ва кўчкилар юз берди, натижада фақат сўнгги 48 соат ичида камида 321 киши ҳалок бўлган.
Июл ойида Хитой иқтисодиётида ишлаб чиқаришдан тортиб истеъмолгача бўлган кўплаб кўрсаткичлар сезиларли даражада секинлашди. Бу жараёнга савдо уруши ва мамлакатдаги кучли иссиқ тўлқинлар таъсир кўрсатди.
Ўзбекистон элчихонаси ва Саудия Арабистони Ташқи ишлар вазирлиги ҳамкорлигида амалга оширилган ишлар натижасида унинг мамлакатдан чиқиши учун виза расмийлаштирилди.