«Bugundan kelgusi qishga tayyorgarlik ishlari boshlanadi» — Shavkat Mirziyoyev

«Bugundan kelgusi qishga tayyorgarlik ishlari boshlanadi» — Shavkat Mirziyoyev

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon tumanida viloyat faollari va mas’ullar ishtirokida videoselektor yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Prezident joriy yilda kuzatilayotgan qish mavsumi haqida gapirib o‘tdi.

«Anchadan buyon bunday qish bo‘lmagan edi. 30-40 yildan buyon bunday qishni ko‘rmagandik, "o‘tib ketadi, o‘tib ketadi", deb yurdik. Bu yil haqiqiy qish qanaqa bo‘lishini ko‘rdik. Bu yil kuzatilgan muammolarni ilmiy jihatdan hal etishimiz zarur. Bugundan boshlab kelgusi yilgi qishga tayyorgarlik ishlari boshlanadi», — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyeev Andijon viloyatida so‘nggi yillarda juda katta o‘zgarishlar bo‘lganini alohida qayd etib o‘tdi.

«Uylar qurildi, odamlarning biri ikki bo‘ldi. Shu ma’noda jamiyatning talablari ham o‘sib borayotganini ko‘rib turibmiz va ishlarimizni ham shunga qarab tashkil qilishimiz zarur», — dedi prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!