Bugun «Tottenhem» «Fulhem»ni imtihondan o‘tkazadi, «Chelsi» esa «Arsenal» bilan jang qiladi

Bugun «Tottenhem» «Fulhem»ni imtihondan o‘tkazadi, «Chelsi» esa «Arsenal» bilan jang qiladi

Bugun, 18 avgust sanasida futbol bo‘yicha Angliya premyer-ligasining 2-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Turni «Kardiff Siti» o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qilgan holda ochib beradi. Bahs 16:30 da boshlanadi.

Shuningdek, bugun Mauriso Pochettino boshliq «Tottenhem» o‘z maydonida APLga qaytgan «Fulhem»ni mehmon qiladi. O‘yin 19:00 da boshlanishi belgilangan.

Turning markaziy o‘yini esa Londondagi «Stemford Bridj» stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Maurisio Sarri boshchiligidagi «Chelsi», Unai Emeri yetakchiligidagi «Arsenal»ga qarshi kurash olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Angliya premyer-ligasi

2-tur bellashuvlari

18 avgust, shanba

«Kardiff» — «Nyukasl» 16:30

«Everton» — «Sauthempton» 19:00

«Lester» — «Vulverhempton» 19:00

«Tottenhem» — «Fulhem» 19:00

«Vest Hem» — «Bornmut» 19:00

 «Chelsi» — «Arsenal» 21:30

19 avgust, yakshanba

«Byornli» — «Uotford» 17:30

«Manchester Siti» — «Haddersfild» 17:30

«Brayton» — «Manchester Yunayted» 20:00

20 avgust, dushanba

«Kristal Pelas» — «Liverpul" 00:00


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!