Bugun, elimiz suygan aktyor Karim Mirxodiyev tavallud topgan kun

Bugun, elimiz suygan aktyor Karim Mirxodiyev tavallud topgan kun

Bugun, 29 iyul sanasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, ikki karra “Oltin Humo” milliy mukofoti sovrindori, elimiz suygan aktyor Karim Mirxodiyev tavallud topgan kun.

Kinematografiya agentligi ijodkorni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ijodiy barkamollik tilaydi!

Ma’lumot uchun, Karim Mirxodiyev 1954 yilning 29 iyulida Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida teatr va kino aktyorligi bo‘yicha tahsil olgan.

Karim Mirxodiyev tomoshabinlarga asosan kinoaktyor sifatida yaxshi tanish bo‘lib, kinoga ilk marta 1979 yilda suratga olingan «Alibobo va qirq qaroqchi» filmidagi epizodik roli bilan kirib kelgan. Aktyor bugungacha «Kichkina tabib», «Shaytanat», «Iblis devori», «Sardor», «Charxpalak», «Rangsiz tushlar» va «Sabot» kabi 30 dan oshiq film va seriallarda suratga tushgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!