"Bu bozor virus uchun tayyor o‘choq-ku!": Qashqadaryo hokimi 7-bozorni ham karantinga yopdi

"Bu bozor virus uchun tayyor o‘choq-ku!": Qashqadaryo hokimi 7-bozorni ham karantinga yopdi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev "Bir hududda bir kun" loyihasi doirasida G‘uzorga tashrifi davomida tumandagi "Karvon" bozorining karantin qoidalariga amal qilmay ishlayotganligiga guvoh bo‘ldi.

— Bu bozor virus uchun tayyor o‘choq-ku, — dedi viloyat rahbari. — Bozorning 9 ta kirish joyi bor, qani sanitariya, profilaktik tadbirlar yo‘q. Bozor tezkor dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun karantinga yopiladi. Ushbu masalada Prezident Shavkat Mirziyoyev ham alohida to‘xtalib, "Temir intizom va yuksak mas’uliyat bilan kechayu kunduz ish davom etishi kerak",— deya ta’kidlagan edilar.

Eslatib o‘tamiz, "Karvon" bozori viloyatda karantinga yopilgan yettinchi bozor bo‘ldi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!