Britaniyaning sobiq bosh vaziri Normand formatini “siyosiy aldov” deb atadi

Britaniyaning sobiq bosh vaziri Normand formatini “siyosiy aldov” deb atadi

“Buyuk strateg” va “bazmlar qiroli” ukrainaliklarga Rossiyani qanday mag‘lub etishni ham aytdi.

“Ukrainadagi urush Putin mag‘lub bo‘lganda tugaydi, bunga erishishning yagona yo‘li ukrainaliklarni kerakli narsalar bilan qurollantirish, “quruqlikdagi ko‘prik”ni yo‘q qilishdir. Shundagina muzokaralar boshlanishi mumkin”, deydi sobiq bosh vazir.

Avvalroq Germaniyaning sobiq kansleri Merkel hech kim Minsk kelishuvlarini bajarish niyatida bo‘lmaganini aytgandi. Uning so‘zlarini Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland ham tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!