Britaniya "Vagner"ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

Britaniya hukumati “Vagner” maxsus harbiy tashkilotini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritdi.
Bu haqda Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi ma’lumotida aytiladi.
Ma’lum qilinishicha, 6-sentyabr kuni parlamentga yollanma tashkilotni terrorchi tashkilot deb e’lon qilish bo‘yicha tegishli hujjat taqdim etilgan: "Bugun "Vagner” terrorchi tashkilot deb e’lon qilindi. Qaror darhol kuchga kiradi. Unga tegishli bo‘lish yoki faol qo‘llab-quvvash Buyuk Britaniyada jinoyat hisoblanib, jarima bilan birga 14 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin."
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)