BRICS Isroil va Ukraina haqida gapirdi

BRICS Isroil va Ukraina haqida gapirdi

Tashkilot kengaytirilgandan keyin birinchi sammit uchun Nijniy Novgorodga kelgan BRIKSga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan bir qancha bayonotlar berdi.

Ular G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirib, Isroilning Rafahdagi harbiy amaliyotini qoraladi. Bundan tashqari, BRICS barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishga chaqiradi.

Vazirlar, shuningdek, vositachilik harakatlari va Ukrainada tinchlikni tiklash va mojaroni diplomatik usullar bilan hal qilishga qaratilgan barcha harakatlarni olqishladilar.

BRIKS davlatlararo assosiasiya bo‘lib, dastlab beshta davlatni birlashtirgan: Braziliya, Rossiya Federasiyasi, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika. 2023 yil 24 avgustda Eron, BAA, Misr, Efiopiya va Saudiya Arabistoni ham uyushmaga qo‘shildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!