Braziliyalik futbolchi 16 yoshida fojiali tarzda vafot etdi

Braziliyalik futbolchi  16 yoshida fojiali tarzda vafot etdi

Braziliyada 16 yoshida “Goyas” futbol klubi o‘yinchisi Igor Soaresh YTH tufayli vafot etdi, deb xabar berdi jamoa matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi shanba, 11 iyul kuni motosiklda YTHga uchragan. Klub rahbariyati marhumning oila a’zolari va do‘stlariga hamdardlik bildirgan.

"Igor 16 yoshda edi; u 2018 yil yanvar oyidan beri “Goyas”da o‘ynayotgandi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!