Buyuk Britaniyaning turizmga ixtisoslashgan "Bradt Guides" nashriyoti 2023 yilda sayohat qilish uchun tavsiya etilgan dunyoning eng noyob turistik hududlar ro‘yxatini e’lon qildi. Quvonarlisi, Chili, Kosta-Rika, Isroil, Estoniya va boshqa sayyohlarni jalb qiluvchi noyob maskanlardan iborat bo‘lgan ushbu ro‘yxatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham kiritildi.
Ta’kidlash joizki, "Bradt Guides" ekspertlari Mo‘ynoq tumanida yangi ayeroportning ishga tushishi va kelgusida tezyurar poyezdlarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida Qoraqalpog‘istonga borish yanada qulay bo‘lgani, Markaziy Osiyodagi eng yirik elektron musiqiy festivalning o‘tkazilishi, Sahrodagi Luvr muzeyining dunyoga mashhur avangard kolleksiyasi, shu bilan birga, tungi osmonning eng qorong‘i zonasi va uning ostida joylashgan o‘tovlar majmuasini alohida ta’kidlab o‘tishgan.
Bundan tashqari, maqolada Qoraqalpog‘istonga “Orol dengizining vatani” deya alohida ta’rif berilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 aprelda qabul qilingan “Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, hududning turistik salohiyatini to‘liq namoyish etuvchi turistik xaritalarni (Guidebook) ishlab chiqish, nashr etish va bepul tarqatish vazifasi belgilangan. Shu bois Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Madaniyat va turizm vazirligi hamkorligida "Bradt Guides" nashriyotida Qoraqalpog‘iston bo‘yicha turistlar uchun qo‘llanma ishlab chiqish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Qayd etish joizki, loyiha doirasida 2022 yilda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi Sofi Ibbotson va OAV vakili Stefani Adams uchun Qoraqalpog‘istonning bir qator turistik ob’ektlari bo‘ylab press-tur tashkil etilgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Доналд Трамп 9 апрел кунидан бошлаб Хитой товарларига қўшимча божлар жорий этиш билан таҳдид қилди Унинг айтишича, бу Вашингтоннинг Хитой импортига божларни ошириши сабаб Пекин томонидан жорий қилинган АҚШ импортига қўшимча 34 фоизлик божларга жавоб бўлади.
Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.
Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.
Буни тасаввур қилиш учун айтиш мумкинки, бу бино Ню-Ёркнинг осмонўпарлар ўрмонида ҳам ўзини йўқотмай, Empire State Building ва One World Trade Center томидан ҳам баланд кўтарилади.
Вазирлик томонидан қайд этилганидек, мамлакатда амалга оширилаётган бундай янгиликлар табиий компонентлар асосидаги юқори сифатли дори воситалари орқали биофармацевтика саноатини ривожлантириш имконини беради.
Шифокорларнинг саъй-ҳаракатларига қарамай, юз, бўйин, қўл, оёқ ва сон қисмларидан куйиш жароҳатларини олган икки бола ҳам вафот этди, дейилади хабарда.