Boshsiz 1 yarim yil yashagan xo‘roz

Boshsiz 1 yarim yil yashagan xo‘roz

1945 yilda amerikalik bir fermer Mayk laqabli xo‘rozning boshini tanasidan judo qilganidan so‘ng, u boshsiz holda naqd 1 yarim yil hayot kechiradi. Xo‘rozning miyasining bir qismi va 1 ta qulog‘i saqlanib qolgan.

Xo‘roz hali o‘lmaganligini payqab qolgan fermer unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pipetka orqali sut va don yuborib, uni boqadi. Mamlakat bo‘ylab bu xo‘roz namoyish qilingach, u mashhur bo‘lib ketgan. Boshsiz xo‘rozning haqiqiy ekanligi tasdiqlanib, rasmiylashtirilgan. Ko‘pchilik bu tajribani takrorlashga urinib ko‘rgan, ammo boshqa hech bir parranda boshsiz holda ikki kundan ortiq yashay olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!