Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga tahdidi yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga tahdidi yuzasidan bayonot berdi

Joriy yilning 16 noyabr kuni Internet nashrlarida Toshkent shahar hokimi, senator J.Artikxodjayevga tegishli hamda haqorat, tahdid mazmunidagi audioyozuv tarqaldi. 

Mazkur holat ommaviy axborot vositalari, blogerlar, siyosiy partiyalar, eng achinarlisi, ayrim xorijiy ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlarning keskin tanqidiy muhokamalariga sabab bo‘ldi.

Bosh prokuratura tomonidan mazkur holatga huquqiy baho berish maqsadida JPKning 329-moddasiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14 avgust kuni “Kun.uz” tahririyatiga “Xiva stroy” MCHJ rahbarining bajarilgan qurilish ishlari uchun buyurtmachidan pul undirishga oid  murojaatini o‘rganish maqsadida mazkur tahririyat muxbiri R.Isroilov va operatori SH.Egamberdiyevlar Olmazor tuman hokimligiga borishgan.

Tuman hokimi o‘rinbosari A.Vaxabov davlat xizmatchisi bo‘la turib, tegishli odob-axloq qoidalariga zid ravishda R.Isroilovga tushuntirish berishdan bosh tortgan, ular bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan hamda operatorning videotasvirga olishiga qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur voqeaning ertasiga “Kun.uz” tahririyati ushbu videolavhani o‘z saytida e’lon qilgan va bu keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Shu kuni kechqurun Toshkent shahar hokimi J.Artikxodjayevning vaziyatni yumshatish va murosaga kelish to‘g‘risidagi topshirig‘iga asosan shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari L.Sabirova, tuman hokimi o‘rinbosari A.Vaxabovlar tahririyat vakillari B.Axmedov, R.Isroilov va SH.Egamberdiyevlar bilan shahar hokimligi binosida uchrashishgan.

Unda A.Vaxabov nojo‘ya harakatlarga yo‘l qo‘yganligini tan olgan va tahririyat xodimlaridan uzr so‘ragan. Biroq, bu holat tahririyat xodimlarini qoniqtirmagan.

Uchrashuv yakun topgach, muloqot ishtirokchilari binoning  yo‘lagida J.Artikxodjayevga tasodifan duch kelishadi. L.Sabirova J.Artikxodjayevga bo‘lib o‘tgan suhbat haqida ma’lumot berib, “Kun.uz” xodimlari A.Vaxabovning uzridan qanoatlanmaganligini bayon qilgan.

Shunda J.Artikxodjayev ular bilan muloqotda muomala madaniyatidan chetga chiqqan holda, internet nashrlariga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini ifodalab, go‘yoki ularni sharmandali vaziyatlarga tushirish imkoniyatiga egaligini, lekin u bunday tarbiyalanmaganligi va buni xohlamasligini bildirgan.

Ushbu jarayonni “Kun.uz” muxbiri B.Axmedov “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga zid ravishda, uchrashuv ishtirokchilarini ogohlantirmasdan telefoniga xufyona yozib olgan va tahririyatga taqdim etgan.

O‘z navbatida, tahririyat tomonidan noqonuniy yo‘l bilan olingan axborot yo‘q qilinmagan. Oqibatda 2019 yil 16 noyabrda hokim J.Artikxodjayevni obro‘sizlantirish maqsadida audioyozuvning nojo‘ya so‘zlardan iborat bir yarim daqiqalik qismi (uchrashuv ikki soat davom etgan) montaj qilinib, noma’lum shaxs tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. 

Bu holat o‘z navbatida ommaviy axborot vositalarida keng muhokama bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

“Kun.uz” tahririyati o‘z aybini anglagan holda, haqiqiy holatni ma’lum qilish uchun audioyozuvning J.Artikxodjayevga tegishli qismini to‘liq e’lon qilgan.

Tergovoldi tekshiruvida aniqlanishicha, J.Artikxodjayev davlat hokimiyati va boshqaruvi organi mansabdor shaxsi bo‘la turib, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilmasdan, haqoratli va qo‘pol so‘zlarni ishlatgan.  

Biroq, uning nojo‘ya so‘zlari umumiy tarzda aytilgani, muayyan shaxsga qaratilmaganligi, real tahdid yo‘qligi bois, J.Artikxodjayevning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas.

Shu sababli JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, “Kun.uz” tahririyati xodimlari J.Artikxodjayevga nisbatan da’vo yoki e’tirozlari yo‘qligini bayon qilishdi. 

Lekin J.Artikxodjayev Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari”ni buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun Hukumatga murojaat qilindi.

Shuningdek, tahririyatning mazkur voqealardagi ishtiroki yuzasidan tegishli munosabat bildirish uchun vakolatli organ Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligiga xat yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Xitoyliklar orolni egalladi va tark etdi

У ерда Хитой байроғи ўрнатилган.

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

Ispaniyadagi favqulodda holat tufayli «Barselona» - «Inter» uchrashuvi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin

El Desmarque хабарига кўра, Испанияда электр энергиясининг ўчиб қолиши туфайли Чемпионлар Лигаси ярим финалидаги "Барселона" - "Интер" учрашуви кўчирилиши мумкин.

Rossiya tez orada g‘ururdan portlab ketadi

Лавровнинг таъкидлашича, Москва ва Вашингтон "турли соҳаларда алоқаларни давом эттирмоқда.

Yaponiyalik olimlar uzoq umr ko‘rishning oddiy usulini oshkor qildi

Tsukuba университети япон олимлари мунтазам равишда велосипед миниш кексалик даврида ўлим хавфини ва узоқ муддатли парваришга бўлган эҳтиёжни камайтиришини аниқлади.

Rossiya Hindiston va Pokistonga murojaat qildi

Россия томони Покистон ва Ҳиндистонни келишмовчиликларни тинч йўл билан ҳал этиш учун босиқлик сақлашга ва конструктив мулоқот олиб боришга ундамоқда.

Qozog‘iston Xitoyga yer bergani haqiqatmi?

Қозоғистон ТИВ бу ҳақидаги маълумотларга муносабат билдирди.

Rossiyaliklar endi urushmoqchi emas

Украинадаги рус ҳарбийларининг деярли тўртдан уч қисми (72 фоизи) жанговар ҳаракатларни тўхтатиш тарафдори.

Evropa zulmatga cho‘mdi

Испания, Португалия, Франсия ва Белгияда электр энергиясида катта узилишлар юз берди, бу эса аҳолини электр энергияси, интернет ва мобил алоқасиз қолдирди.

Jigarni tozalash uchun foydali maslahatlar

Кўпроқ сув ичинг. Сувга лимон қўшинг. Сув ва лимон шарбати токсинларни олиб ташлаш учун жигарни рағбатлантиради.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Habib YECHLda kim g‘olib bo‘lishini istayotganini aytdi

Менинг фикримча, улар бу мавсумда ЕЧЛни ютишади. Агар тўғрисини гапирсам, уларнинг ғалабасини жуда хоҳлайман.

Indzagi va Chalhano‘g‘lu mafiyaga aloqadorligi uchun diskvalifikasiya qilindi

Бу ҳақда La Gazzetta dello Sport хабар бермоқда.

Turkiyada 1100 yillik qopqog‘i ochilmagan amfora topildi

Анталиянинг Каш тумани қирғоқларида роботлар ёрдамида олиб борилган сув ости қазишмаларида ҳалокатга учраган кемадан 1100 йиллик оғзи ёпиқ амфора (қадимда ишлатилган кўза) топилди.

Prezident Oyimjon Otajanovani unvon bilan taqdirladi

Хоразм вилояти Хонқа туманидаги «Собиржон-Юсуп» фермер хўжалиги бошлиғи Отажанова Ойимжанга «Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган қишлоқ хўжалиги ходими» фахрий унвони берилсин.

Kamala Harris saylovdagi mag‘lubiyatdan keyingi ilk nutqida Trampni tanqid qildi

Унинг чиқиши Трамп президентлигининг 100 кунлиги билан бир вақтда бўлиб ўтди.

Yaponiyada ilon tezyurar poyezdlarni ikki soatga to‘xtatib qo‘ydi

Бир метр узунликдаги илон ҳаводаги электр тармоғига ўралиб, электр тармоғида қисқа туташув ҳосил қилган.

Trampga Rossiya va Ukraina o‘rtasida devor qurish taklif qilingan

АҚШ президенти Доналд Трамп Полша мисолида Россия ва Украина чегарасида девор қуриши керак , деб ёзади шарҳловчи Марк Тиссен The Washington Post газетасидаги мақоласида.

JSST xodimlarning ish haqini moliyalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) АҚШ маблағларининг қисқариши туфайли келгуси икки йил ичида ходимларининг иш ҳақининг 25 фоизини тўлаш учун маблағ етишмаяпти.

Argentinada 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi

Бу ҳақда Европа-Ўртаер денгизи сейсмология маркази маълум қилди .

Pokiston shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan jiddiy yo‘l-transport hodisasida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ҳисобот Dawn газетасига таяниб хабар беради.

Isroil olov ichida qoldi

Мамлакатни йирик ўрмон ёнғинлари қамраб олди.

Zelenskiy sobiq yaqin odamiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Зеленский ўз идорасининг собиқ маслаҳатчиси Алексей Арестовичга нисбатан санкциялар жорий этди.

Toshkentda viloyatida ikkita mashina yonib ketdi

Ҳодиса оқибатида “ВАЗ-2102” ҳайдовчиси енгил даражадаги куйиш жароҳатини олган.

Germaniyadagi portda portlash sodir bo‘ldi

Ҳодиса жойида 90 га яқин ўт ўчирувчилар, қутқарувчи ва ҳуқуқ-тартибот органлари ходимлари ишламоқда.

Yangihayot tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi

Ҳозирда ёнғин сабаби ва келтирилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Buxoroda Chery va yuk mashinasi to‘qnashdi

Тўқнашув оқибатида Chery автомобили ҳайдовчиси, 1967 йилда туғилган I.M., воқеа жойида вафот этган.

Eronning Bandar Abbos portidagi portlash qurbonlari soni 70 kishiga yetdi

Эрон расмийлари портлаш қўпорувчилик ҳаракати эканлигига далил йўқлигини айтди.

G‘azoda 65 mingdan ortiq bola ochlikdan davolanmoqda

Айни пайтда, Ғазо секторидаги тахминан 1,1 миллион бола ҳар куни очликка дуч келмоқда.

2100 yilga kelib yerda qorli qishlar kamdan-kam uchraydi

Тадқиқот илмий журналда чоп этилди.

Isroil Yevropadan yong‘inlarni o‘chirishda yordam so‘ramoqda

Бу ҳақда Йнет портали хабар берди .

Misrda gaz quvurining portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi yaralandi

“Репорт” хабар беришича , бу ҳақда маҳаллий Ёум7 портали хабар берди.

Keniyada deputat otib o‘ldirilgan

Бу ҳақда “Репорт” телеканали хабар берди.

Emagan somsaga pul to‘lash: Trampning rejalari sabab Coca-Cola baloga qoldi

Трампнинг Гренландияни АҚШга қўшиб олиш режалари ва савдо божлари сабаб данияликлар Coca-Cola’ни бойкот қиляпти.

🇪🇸 Ispaniyada sud ommaviy elektr o‘chirish bo‘yicha tergovni maxfiylashtirdi, — El Confidencial

Нашрнинг ёзишича, бир қатор Европа давлатларини фалаж қилган электр ўчишларининг сабаби ҳали ҳам "номаълум", бироқ "эҳтимолий версиялар орасида кибертерроризм ҳам кўриб чиқилмоқда".

Shirinliklar, chipslar, xot-doglar va gazli ichimliklar narkotiklardan ham xavfliroq

Ўта қайта ишланган, сунъий моддаларга тўла маҳсулотлар агрессив рак турлари ва юрак-қон томир касалликларини келтириб чиқариб, эрта ўлим хавфини оширади.