Bosh konsulxona xodimlari Olmaota shahrida ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari holidan xabar olishdi

Bosh konsulxona xodimlari Olmaota shahrida ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari holidan xabar olishdi

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi diplomatlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida qurilish sohasida vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog‘ida mehnat muhojirlari bo‘lgan vatandoshlarga O‘zbekiston Hukumati tomonidan xavfsiz tashqi mehnat migrasiyasini tashkil etish, xorijda ishlayotganlar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berildi. Bosh konsulxona faoliyati, vatandoshlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Yig‘ilganlarga Qozog‘istonning migrasiya to‘g‘risidagi qonunlariga qat’iy rioya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida diplomatlar hamyurtlarimizning ish va yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!