Bortida 38 kishi bo‘lgan Chili samolyoti halokatga uchradi

Bortida 38 kishi bo‘lgan Chili samolyoti halokatga uchradi

Antarktidaga parvoz vaqtida izsiz yo‘qolib qolgan Chili harbiy-havo kuchlarining samolyoti halokatga uchragan, omon qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

TASS’ning yozishicha, bu haqda seshanba kuni Chili harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Harbiy-havo kuchlari xabar qiladiki, Hercules C130 samolyoti radioaloqa yo‘qolganidan yetti soat o‘tgach halokatga uchragan, deb hisoblanmoqda», - deyiladi ma’lumotda.

Chili harbiy-havo kuchlari generali Eduardo Moskeyra yo‘qolgan samolyotda suvga qo‘nish imkoni bo‘lganini aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘qolgan Hercules C130’da bo‘lgan yoqilg‘i miqdori havoda bo‘lish uchun yetarli edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!