«Boriga baraka» ko‘rsatuvi qonuniymi?

A A A
«Boriga baraka» ko‘rsatuvi qonuniymi?

So‘nggi paytlarda zangori ekran orqali katta yutuqlar o‘rtaga «tikilgan» va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar juda ommalashdi. Bunday azart o‘yinlar epoxasini shubhasiz «Zo‘rTV» telekanali o‘zining «Boriga baraka» ko‘rsatuvi orqali boshlab berdi. Mazkur ko‘rsatuv qisqa fursatda katta mashhurlikka erishdi, millionlab auditoriya yig‘a oldi. Chunki osongina mashina yoki kvartira yutib olishni kim ham istamaydi deysiz.

Azaldan reytingi baland ko‘rsatuvlarning «oshiqlari» ko‘p bo‘ladi. Birozdan keyin xuddi shunday formatdagi o‘yinlar boshqa telekanallarda ham paydo bo‘ldi. Xususan, «MY5» kanalida «Omad shou», «Mahalla» telekanalida «Kafil shou» kabi ko‘rsatuvlar dunyo yuzini ko‘rdi. Qatordan quruq qolmaylik deb, «MilliyTV» ham «Millioner shou» va «Oltin kalit» degan dasturlarni boshladi.

Xullas, kun sayin oynai jahon mana shunday tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga to‘lib-toshmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa deyarli har kuni bu kabi ko‘rsatuvlar halolmi yoki yo‘q, degan savollarni uchratamiz. Bu kabi savollar asosan diniy xarakterda bo‘lib, javoblar ham diniy manbalar asosida berilmoqda.

Ammo O‘zbekiston dunyoviy davlat, har kimning vijdon erkinligi kafolatlanadi. Shunday ekan, quyidagi savolga ham javob izlab ko‘rish maqsadga muvofiq: «bu kabi shoular qonuniymi?».

Xo‘sh, aslida bunday o‘yinlar qay darajada qonunchiligimizga to‘g‘ri keladi? Ushbu maqolada shu haqida suhbatlashamiz. Aniqrog‘i, bugun asosan «Boriga baraka» ko‘rsatuviga ko‘proq to‘xtalamiz, chunki buning o‘ziga xos sabablari bor.

Keling, avvalo gapni 12 yil ortga qaytgan holda boshlasak.

Qimorga qarshi kurash tarixi

2007 yil 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-608-sonli qarori qabul qilinadi. Qarorda qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, qimor biznesi rivojlanishining salbiy oqibatlaridan ogohlantirish masalalari dolzarb ahamiyatga egaligi ta’kidlanadi hamda mutasaddilarga bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish vazifasi yuklanadi. http://lex.uz/docs/1150004

Oradan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i 2007 yil 16 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining «Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 176-sonli qarori qabul qilinadi.

Qarorga binoan, 2007 yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagilar taqiqlanadi:

  • O‘zbekiston hududida qimor o‘yinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni (shu jumladan totalizatorlar) tashkil etish va o‘tkazish (tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalardan tashqari);
  • qimor o‘yinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun telekommunikasiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet butunjahon axborot tarmog‘i provayderlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish;
  • O‘zbekiston hududiga pul yutug‘iga ega bo‘lgan o‘yin avtomatlarini olib kirish.

Oradan 2 hafta o‘tib, 2007 yil 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining «Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazishni tartibga solish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinadi. Ayni shu qonun qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga qarshi kurashga mantiqiy yakun yasab beradi.

Qonunga ko‘ra, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga nisbatan javobgarlik joriy qilinadi.

Shuningdek, o‘sha qonun bilan Jinoyat kodeksining 8-bo‘limiga ushbu xatti-harakatlarga quyidagicha ta’rif kiritilgan:

«Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin — o‘yin tashkilotchisi (o‘yin muassasasi) tomonidan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan tasodifga (voqeaga) va (yoki) o‘yin ishtirokchisining qobiliyati, epchilligi va boshqa sifatlariga bog‘liq yutuq to‘g‘risida tuzilgan, tavakkalchilikka asoslangan bitimga muvofiq o‘yin tashkilotchilari va ishtirokchilarining xatti-harakatlari majmuini nazarda tutuvchi o‘yin, shu jumladan totalizatorlar, kazino, shuningdek o‘yin avtomatlaridan foydalaniladigan o‘yin».

Tavakkal ustiga qurilgan tizim

Qisqacha tarix mana shu. Bu gaplarni televideniye orqali berilayotgan ko‘rsatuvlarga nima aloqasi bor, deya hayron bo‘layotgandirsiz?

Ko‘pchilik huquqshunoslarning fikriga ko‘ra, bu kabi ko‘rsatuvlarda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning unsurlari mavjud.

Chunki mazkur ko‘rsatuvlar boshdan oyoq, ya’ni toki ushbu ko‘rsatuvda qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdan tortib, unda biror yutuq yutishgacha bo‘lgan jarayonning barchasi tavakkalchilikka asoslangan. Ayniqsa, yuqorida ta’kidlaganimizdek, «Boriga baraka» ko‘rsatuvi shu tipdagi qolgan ko‘rsatuvlardan 2ta jihati bilan yaqqol ajralib turadi. Eng qizig‘i ushbu 2ta unsurning biri ularni oqlash uchun asos bo‘ladi, ikkinchisi esa aksincha. Bir boshidan tushuntiramiz.

Ko‘rsatuvda qatnashish tartibi qanday?

«Boriga baraka» ko‘rsatuvida ishtirok etish uchun nima qilish kerak? Buning bir nechta yo‘llari bor:

1) Click orqali 5 ming so‘m to‘lov qilish;

2) Paynet orqali 5 ming so‘m to‘lov qilish;

3) Crafers do‘konlaridan shirinlik xarid qilish;

4) Atlas savdo markazlarida biron narsa xarid qilish;

5) Lada markazlariga tashrif buyurish va bepul kupon to‘ldirish (taxminimizcha bugungi kunda Lada ko‘rsatuvga homiylik qilishni to‘xtatgani sababli bu usuldan foydalanilmayapti).

Shu ishlardan birortasini bajarsangiz, o‘yinda qatnashish huquqi kafolatlanganmi? Yo‘q. Xohlovchilar yuz minglab bo‘lsa kerak, lekin har hafta maksimum 5 nafar ishtirokchi asosiy o‘yinda qatnasha oladi.

Yuz minglab odamlar orasida omadli 5 kishi qanday tanlab olinadi? Ha, juda to‘g‘ri topdingiz – tavakkalchilikka asoslangan holda! Ya’ni kompyuter bazaga kiritilgan raqamlarni tavakkalchilik asosida tanlab beradi.

Ishtirokchi tanlandi ham deylik. U o‘yinda qanday g‘alaba qozonishi mumkin? Ha, barakalla, bu safar ham to‘g‘ri topdingiz – tavakkalchilikka asoslangan holda! Ya’ni ishtirokchining nima yutishi faqat va faqat tavakkalchilikka asoslangan.

Ushbu jihatlar mazkur ko‘rsatuvlarni tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar sifatida baholash uchun yetarli emasmi?

Endi yuqoridagi alohida 2ta jihatga to‘xtalamiz. Avval ijobiysidan boshlaymiz.

«Boriga baraka» bepul ishtirok etish mumkin bo‘lgan yagona ko‘rsatuv (edi)

Faqat ushbu ko‘rsatuvda qolganlaridan farqli o‘laroq, hech qanday moddiy xarajat qilmasdan ishtirok etish imkoniyati ham bor edi. Ya’ni «Lada» markazlariga borib, kupon to‘ldirsangiz kifoya bo‘lardi. Biror narsa sotib olishingiz shart emas. Bu nazariy jihatdan ko‘rsatuvda mutlaqo bepul ishtirok etish imkoniyati borligini anglatardi («Lada» markaziga borishdagi transport xarajatlarini hisobga olmaganda).

Qolgan ko‘rsatuvlarning birortasida bunday imkoniyat mavjud emas. Ishtirokchilardan albatta u yoki bu ko‘rinishda xarajat qilishi talab etiladi. Qonunchilikka binoan, qatnashish uchun hech qanday moddiy xarajat talab etilmaydigan o‘yinlar qimor yoki tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar sifatida baholanmaydi.

«Boriga baraka» qonuniy tomondan ham qimorga oid unsurlarga ega

Endi tanganing ikkinchi tomoniga o‘tamiz. «Boriga baraka» dasturi shu yo‘nalishdagi barcha ko‘rsatuvlar orasida qimorga xos eng ko‘p elementga ega o‘yin hisoblanadi.

Chunki o‘z navbatida faqat ushbu ko‘rsatuvdagina ishtirokchi bo‘lish uchun Click va Paynet orqali alohida 5 ming so‘mlik to‘lov ham joriy qilingan. Qolgan ko‘rsatuvlar (shu jumladan «Boriga baraka»ning o‘zida ham) qatnashish uchun biror mahsulot (xizmat) sotib olish talab etiladi. U yoki ichimlik, yoki shirinlik sotib olish, yoki sug‘urta kompaniyasi xizmatidan foydalanish bo‘lishi mumkin.

Ya’ni nazariy jihatdan ko‘rsatuvda qatnasha olmasangiz ham, pulingizga kuyib qolmaysiz (SMS tarzida yuborilganda ushlab qolinadigan 70-80 so‘mni hisobga olmaganda). Sarflagan xarajatingiz evaziga biror mahsulot olgan bo‘lasiz. Ko‘rsatuvda chiqish esa go‘yoki Sizga iste’molchi sifatida bonus ko‘rinishida taqdim etiladi.

Muayyan tovarlar va xizmatlar iste’molchilari o‘rtasida sotuvlarni rag‘batlantirish maqsadida, o‘yinda qatnashganlik uchun qo‘shimcha haq undirilmasdan o‘tkaziladigan pul-buyum yutuqlari o‘yinlarini to‘g‘ri tushunish mumkin, chunki bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – tovar yoki xizmatlarni reklama qilishdir. Faqat eng asosiysi ushbu aksiya qonunchilik talablariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi va aksiya davomida mahsulot (xizmat)ning narxi avvalgidan sun’iy ko‘tarilmasligi shart.

Ammo «Boriga baraka» ko‘rsatuvi Click va Paynet orqali qabul qilayotgan 5 ming so‘mlik to‘lov evaziga fuqarolar hech narsa olishmaydi. Ularga hech qanday xizmat ko‘rsatilmaydi, hech qanday mahsulot berilmaydi. Agar omadi kelmasa, 10, 20, hatto 30 marta to‘lov qilganlar ham puliga shunchaki kuyib qolaverishadi. Puliga kuyib qolayotgan insonlarning soni minglab, ularning yo‘qotgan mablag‘lari esa, jami yuz millionlab summani tashkil qilish ehtimoli ham yo‘q emas.

Aynan mana shu qimorning asosiy belgisidir. Tag‘in buni diniy atama bilan adashtirmang, biz qonunlar bilan taqiqlangan qimorni nazarda tutyapmiz.

Qanday jazo belgilangan?

O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil qilish taqiqlanganini bilib oldik, endi bunday xatti-harakatlar uchun qanday jazo berilishini ham aytib ketsak maqsadga muvofiq.

Bunday o‘yinlarni tashkil qilganlik uchun Jinoyat kodeksining 278-moddasiga binoan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. http://lex.uz/docs/111453

Unga ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xulosa

Ishonamizki, mazkur masalaga o‘yin tashkilotchilari va tegishli mutasaddi tashkilotlar o‘z e’tiborini qaratishadi.

Ushbu maqolada faqat «Boriga baraka» dasturi haqida gapirganimiz aslo noxolislik sifatida ko‘rilmasligi kerak. Chunki qimor unsuri mavjudligi ehtimoli yuqori bo‘lgan ko‘rsatuv aynan mana shu. Qolganlarini ham xato va kamchiliklardan xoli, bemalol ishonsa bo‘ladigan shou demoqchi emasmiz. Qonun hujjatlariga ko‘ra, qolgan ko‘rsatuvlardagi shubhali holatlar haqida alohida maqola qilish niyatimiz ham yo‘q emas.

Masalan, birgina holatni olaylik. «Kafil shou» dasturida 200ta mashina (Spark, Cobalt va Tracker) yutuqqa qo‘yilgani haqida aytilmoqda. Bu taxminan o‘rtacha 15-20 mlrd so‘m bo‘ladi degani. AQSh dollariga o‘girganda o‘rtacha 2 mln dollar atrofida bo‘ladi.

Endi sog‘lom aql bilan ayting-chi, sug‘urta bozori rivojlanmagan bir paytda kompaniya bosh sovrinning o‘ziga 2 mln dollar xarajat qilishiga ishonasizmi? Hali tashkiliy jarayonlar, TV xarajatlari va mayda yutuqlarni hisobga olmaganda. Shaxsan men ishonmayman.

Buning nimasi shubhali deysizmi? Masalan, «Kafil» sug‘urta kompaniyasi saytida quyidagi yozuvga duch keldik:

«Shou-dasturda ishtirokchilar tomonidan o‘ynaladigan sovg‘alar soni va ularning tarkibi vaziyatga qarab o‘zgartirilishi mumkin»

Demak, nazariy jihatdan tashkilotchilar istalgan payti 200ta mashina sovrinini bekor qilib, bundan keyin yutuqqa faqat dazmol qo‘yiladi, deyishi ham mumkin. Mana shu omillar ham berilayotgan va’dalarning qay darajada haqiqat ekanligiga kishida shubha uyg‘otadi.

Gapning indallosini aytganda, agar ushbu ko‘rsatuvlar haqiqatdan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yin deb topilsa, unda tegishli choralar ko‘rilishi, aksincha, bunday deb topilmasa, unda qaysi asoslarga ko‘ra, shunday mazmundagi xulosaga kelinganini keng jamoatchilikka ma’lum qilishlarini so‘rab qolamiz.

Huquqshunos Dilshod Abduqodirov

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Kelayotgan hafta O‘zbekistonda sovuq havo kutilmoqda

"Ўзгидромет" ҳаво ҳарорати тушиши ва кучли шамоллар ҳақида огоҳлантирди.

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy: «O‘zbekiston terma jamoasi JChda hech narsaga da’vo qila olmaydi»

Россияда хизмат кўрсатган мураббийи Игорь Коливанов Ўзбекистон терма жамоасига Жаҳон чемпионати–2026да ишонмаслигини айтиб ўтди.

Jahon chempionati-2026 mezboni O‘zbekistonga 50 ming dollar taklif qildi

Ўзбекистон терма жамоаси Жаҳон чемпионатига тайёргарлик жараёнида бир қатор жамоалар билан ўртоқлик учрашувлари ўтказишни режалаштирмоқда.

Sirdaryodagi portlashda qancha odam halok bo‘ldi?

Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган.

Rossiya Sibir daryolari suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri

Иқтисодий сабаблар: профессор Михаил Болговга кўра, лойиҳа жуда қиммат ва инвесторлар йўқ. Экологик ва иқтисодий оқибатлар ҳам аниқ эмас.

Yurgen Klopp "Real"ga qanday talablar qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Хаби Алонсо Ла Лигада кетма-кет учта дурангдан кейин босим остида қолмоқда. Миш-мишлар олами дарҳол фаоллашди - "Реал" билан гоҳ Зинедин Зидан, гоҳ Юрген Клоппни боғлашмоқда.

Opta superkompyuteri Jahon chempionati favoritini taxmin qildi

Opta суперкомпьютери Испания терма жамоасини 2026 йилги жаҳон чемпионатининг асосий фаворити деб атади.

Muhammad Saloh jazolanadigan bo‘ldi

Яқинда "Ливерпуль" ҳужумчиси Муҳаммад Салоҳ клуб ва бош мураббий Арне Слотдан норозилигини очиқчасига билдирган эди.

Pensionerlar yer va mol-mulk solig‘idan ozod etildimi?

Солиқ кодексининг 421-моддасига кўра, пенсионерлар мол-мулк солиғидан имтиёзга эга.

Xayr, probkalar! Toshkent "aqlli" transport boshqaruviga o‘tmoqda!

Тошкентда тирбандлик одатий ҳолга айланиб, 7-8 баллга етгани бежиз эмас. Бунинг асосий сабаби - ҳаракатни бошқаришнинг ягона тизими йўқлиги. Узоқ вақт давомида ҳаракатни тартибга солиш, светофорлар ва жамоат транспорти тарқоқ бўлганлиги ҳам юкламанинг ошишига олиб келган асосий сабаблардан биридир.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Peskov: "Moskva haligacha bexabar"

Бу ҳақда Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков журналистларга маълум қилди.

Putin: "Ko‘zlangan maqsadga erishilmoqda"

Путин бу ҳақда Стратегик ривожланиш ва миллий лойиҳалар бўйича кенгаш йиғилишида маълум қилди.

Ukraina G‘arb pullarini o‘g‘irlashning yangi sxemasini ishlab chiqdi

Бу ҳақда Россия Ташқи разведка хизмати хабар бермоқда.

Kannavaro FIFA tomonidan taqdim qilingan bazalarni ko‘zdan kechirmoqda (foto)

Гуруҳ босқичи учрашувлари давомида иштирокчилар бошқа шаҳарларга махсус чартер рейслари орқали етиб бориб, ўйин якунлангач ўз базасига қайтиб келишади.

Qozog‘iston bosh vaziri O‘zbekiston bilan chegarada poyezdlarning kechikishi uchun aybdorlarni jazolashni talab qildi

Бу ҳақда Бектенов ҳукумат йиғилишида Қозоғистон темир йўллари раиси Талгат Алдибергеновга шундай буйруқ берган.

Rossiyada An-22 harbiy transport samolyoti qulab tushdi

Гувоҳларнинг сўзларига кўра, самолёт ҳаводалигидаёқ парчалана бошлаган, унинг бўлаклари Иваново вилоятидаги сув омборига қулаган.

2025 yilda Izroil jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakat bo‘lib qoldi

Бу ҳақда «Репортерлар беғаразлиги йўқ» (RSF) ташкилоти томонидан 2025 йилда журналистларга қаратилган ҳужумлар ҳақидаги ҳисоботда айтилган.

"Humans" orqali fuqarolardan pul yechib olinganiga munosabat bildirildi

Марказий банк шуни маълум қиладики, “Humans companies” АЖ ва “Octagram” АЖ ташкилотлари ўртасида 2025 йил 10 апрелда 32-сонли шартнома имзоланган бўлиб, унга мувофиқ, Humans агент сифатида ўз мижозларига тўлов хизматларини (тўлов ва P2P пул ўтказмалари) етказиб беришни бошлаган.

Litvada Belarusdan kontrabanda olib kelayotgan havo sharlari tufayli favqulodda holat e’lon qilindi — Reuters

"Беларусдан учирилаётган ҳаво шарлари Литванинг миллий хавфсизлик манфаатларига, шунингдек одамларнинг ҳаёти, соғлиғи, мулки ва атроф-муҳитга хавф туғдирмоқда", дейилади Литва ҳукуматининг тегишли қарорида.

Isroil Livan janubini havo hujumiga tutdi

Ўт очишни тўхтатиш келишуви бўлишига қарамай, Исроил ҳужумларни давом эттирмоқда.

Pokistonda qo‘shinga hujum: 6 harbiy halok bo‘ldi, 12 jinoyatchi yo‘q qilindi

Ҳавфсизлик кучлари ҳужумчи 12 жиноятчини йўқ қилди.

Uitkoff va Kushner Zelenskiydan Donbassni «topshirishini» telefonda talab qilishgan

Axios ёзишича, Владимир Зеленскийдан телефон орқали Донбассни йўқотишга розилик бериш талаб қилинган — музокаралар ва компенсацияларсиз.

Polsha AQShdan qo‘shinlarni chiqarmaslik bo‘yicha kafolat oldi

Польша Ташқи ишлар вазири ўринбосари Маркин Босакки маълум қилишича, Вашингтон Варшавани Америка контингентини мамлакатдан чиқармасликка ишонтирган.

Ishga juda erta keluvchi xodim bo‘shatildi — Ispaniya

Испаниялик аёл ҳар куни ишга жуда вақтли келгани учун ишдан бўшатилди, деб ёзмоқда Oddity Central.

Shoygu: Yevroosiyoda xavfsizlik yomonlashmoqda

Россия Хавфсизлик кенгаши котиби Сергей Шойгунинг айтишича, Еврoпа, Лотин Америкаси, Яқин Шарқ ва Осиё–Тинч океани минтақасида хавфсизлик вазияти ёмонлашмоқда.

ICEBlock ilovasi ishlab chiquvchisi Tramp ma’muriyatini sudga berdi

АҚШда миграция рейдлари ҳақида хабар тарқатадиган ICEBlock иловасининг яратувчиси Жошуа Аарон Трамп маъмуриятини судга берди. Унинг айтишича, ҳукумат Apple’ни иловани App Store’дан олиб ташлашга босим ўтказган ва бу сўз эркинлигини бузишдир.

Fransiya Yevrosiyodan Rossiya aktivlarini yashirib, €18 mlrd "reparasion kredit" uchun saqlamoqda

Манбаларнинг айтишича, Франция расмийлари репарацион кредит ғоясини қўллаб-қувватласа ҳам, тижорат банкларидаги активлардан фойдаланишга қарши чиқмоқда, чунки кредиторлар Euroclear билан бошқа шартномавий мажбуриятларга эга.

Ukrainaga “reparasiya” krediti berilgan taqdirda Germaniya uning eng yirik kafili bo‘ladi

Бельгия Россиянинг музлатилган маблағларидан фойдаланишга қарши, Москва эса буни “ўғирлик” деб атамоқда.

Beninda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

Бенин президенти Патрис Талон мамлакатдаги давлат тўнтаришига уриниш барбод бўлганини расман эълон қилди.

Ekvador qamoqxonasidagi to‘qnashuvda 9 kishi halok bo‘ldi

Эквадорнинг Эль-Оро вилояти, Мачала шаҳридаги қамоқхонада маҳбуслар орасидаги тўқнашувда дастлабки маълумотларга кўра, 9 киши ҳалок бўлди.

Umerov Zelenskiyga AQSh rasmiylari bilan Floridadagi muzokaralar bo‘yicha “batafsil hisobot” berishini aytdi

"Бир неча кун давомида Қўшма Штатларда Украина Бош штаби раҳбари Андрей Гнатов билан биргаликда президент Доналд Трампнинг вакиллари Стив Уиткофф ва Жаред Кушнер билан музокаралар ўтказдик. Конструктив ҳамкорлик учун улардан миннатдорман", — деди Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши котиби Рустем Умеров музокаралардан сўнг.

HAMAS qator shartlar bajarilsa, qurol tashlashga tayyorligini bildirdi

Фаластиннинг ҲАМАС ҳаракати, жумладан, Исроил аскарларини Ғазо сектори ҳудудидан тўлиқ чиқариш шарти билан қурол ташлашга рози эканини маълум қилди, деб хабар берди ҳаракат етакчиси эксклавда.

AQSh Ukrainaga yordam uchun 800 million dollar ajratadi

Маълумотларга кўра, АҚШ Конгрессида ушбу ҳужжат бўйича овоз бериш жараёнлари шу ҳафта бошланиши кутилмоқда.

Netanyaxu: Isroil armiyasi Suriyaning janubidagi okkupasiya qilingan hududlarni tark etmaydi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяхуга кўра, Башар Асад режими ағдарилганидан кейин Исроил армияси томонидан назоратга олинган Сурия жанубидаги ҳудудлардан чиқиш режалаштирилмаган.

Luvrdagi suv sizishi natijasida yuzlab kitoblarga zarar yetkazdi

Париждаги Лувр музейининг Миср бўлимида содир бўлган сув сизиши натижасида юзлаб китоб ва архив материаллари зарарлангани маълум қилинди.