Tong. Uyquning eng shirin payti… O‘rindan turmasdan yana ozroq tushlar olamida qolishni istaydi kishi. Biroq bomdod namoziga turish kerak. «Hali vaqt bor-ku, yana besh daqiqa uxlay, keyin turaman» va ana! Soat bonglari ishga turadigan vaqt bo‘lganining xabarini bermoqda! Bu safar ham bomdod namoziga uxlab qolding. Senga shu holat tanishmi?
O‘ylashimcha, ko‘pgina musulmonlar bunday ahvolni yaxshi biladilar. Ammo tirishqoq musulmonlar bizlarni issiqqina to‘shakdan bomdod namoziga turg‘azishning yangi usulini topdilar.
Britaniyalik musulmonlar namozga uyg‘otuvchi yangi FajrUp mobil ilovasini yaratishdi. Ular «Ummatning kuchi – birlikda» islomiy shioridan kelib chiqqan holda ilovada musulmonlarga ko‘proq savob orttirish imkonini berganlar. Ilovaning ishlash tartibi juda oddiy: «O‘zing uyg‘ondingmi – boshqa birovni uyg‘ot va mukofot ol». «Assalomu alaykum» hamda «As-solatu xoyru minan-navm» («Uyqudan namoz yaxshidir!») jumlalarining ma’nolarini bilamiz. Sizga uyg‘otish uchun qo‘ng‘iroq qilgan odam ayni mana shu so‘zlarni aytadi. Bomdod namoziga aytilgan azondan 15 soniya o‘tib, qo‘ng‘iroq VoIP aloqa tizimi orqali keladi.
Foydalanuvchilar FajrUppie («Meni bomdodga uyg‘ot!») yoki FajrUpper («Bomdodga uyg‘otishim mumkin») kabi asosiy sozlamalarni tanlashlari mumkin. Shuningdek, ilovada qiblani aniqlovchi raqamli kompas, farz namozlarining o‘qilish vaqtlari hamda islomiy bayram va muhim sanalarni ko‘rsatuvchi qo‘shimcha imkoniyatlar ham mavjud. Minimal reklama xarajatlarini hisobga olgan holda ilovaning ishga tushgan vaqtidan boshlab shu paytgacha 38.000 marta yuklab olingan.
FajrUp ilovasi Android, iOS tizimlari uchun ham moslashtirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
Зеленский, шунингдек, эълон қилинган сулҳ вақтида Россия оммавий ракета ва авиация зарбалари бермаганини, бироқ фронтда жанг ҳаракатлари давом этаётганини таъкидлади.
1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.
Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.
Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.