Bolasini tan olmagan ota gunohkor hisoblanadimi?

Bolasini tan olmagan ota gunohkor hisoblanadimi?

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Bolasini tan olmagan otaga gunoh yoziladimi? Yoki oxiratda uni nima kutadi?

Javob: Bismillahir rohmanir rohiym.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Qay bir ayol bir qavmga ulardan bo‘lmagan shaxsni kiritsa, unga Allohdan hech bir narsa yo‘qdir va Alloh uni jannatiga zinhor kiritmas. Qay bir erkak o‘zi qarab turib, o‘z bolasini inkor qilsa, Alloh taolo undan to‘silur va avvalgiyu oxirgilar huzurida uni sharmanda qilur , dedilar .

Abu Dovud, Nasoiy va Hokim rivoyat qilishgan. Hokim sahih degan.

Zino qilib orttirgan bolasini erining qavmiga bildirmay qo‘shib yuborgan ayol dunyodagi eng badbaxt ayollardan bo‘ladi. Unday nobakor ayolning ikki dunyosi kuyadi. Allohning dinidan biror nasibaga ega bo‘lmaydi. Oxiratda esa Alloh taolo uni do‘zax azobi ila azoblaydi va jannatga yaqin ham keltirmaydi.

Birovning bolasini boshqa qavmga qo‘shish qanchalik yomon bo‘lsa, o‘z bolasini bilib turib inkor qilish ham shunchalik yomondir. Bunday gunoh ishni qilgan odamdan Alloh taolo to‘siladi va qiyomat kuni barcha xaloyiq oldida uni sharmanda qiladi.

Shunday yo‘llar bilan Islom insoniyat naslini sog‘-salomat, harom-xarish aralashtirmay saqlab kelgan. Zotan, Islom shariatining bosh maqsadlaridan biri ham naslni muhofaza qilishdir. Islom yo‘q joyda esa nasl-nasabning tayini qolmasligini ko‘rib-bilib turibmiz. Vallohu a’lam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!