Bola huquqlari bo‘yicha vakil: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating!

A A A
Bola huquqlari bo‘yicha vakil: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating!

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 29 mart kuni noma’lum ayol farzandlariga ozor berayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoraqalpog‘istonda ayol turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli, ikki qizini ayovsiz do‘pposlab, ularga azob berib kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Biz jamiyat sifatida bu haqiqatni qabul qilmasligimiz kerak. Biz ota-onalarning farzand tarbiyasi uchun mas’uliyatini kuchaytirishimiz, bolalarni shafqatsiz muomala va zo‘ravonlikdan asrash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak.

Biz nafaqat kuzatamiz, balki darhol vakolatli organga murojaat qilamiz va qanday choralar ko‘rilayotganini nazorat qilamiz. E’lon qilingan videoni ko‘rishim bilanoq, bu videoni Respublikamizda tashkil etilgan Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘’basining telegram kanaliga yubordim. Chunki ushbu organ u bolalarni himoya qilish, ota-onalarini javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning kelajakdagi taqdiri bilan bog‘liq barcha masalalar bilan bevosita shug‘ullanadi.

Hozirda onaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lumot berildi. Lekin shu bilan birga, hech narsa ota-onalar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oqlay olmaydi.

Zo‘ravonlik nafaqat bolalarning omon qolishi va sog‘lig‘iga, balki ularning hissiy farovonligi va kelajak istiqbollariga ham tahdid soladi. Agar bola erta yoshda, tana va miya rivojlanishining muhim bosqichida zo‘ravonlikni boshdan kechirgan yoki guvohi bo‘lgan bo‘lsa, salbiy oqibatlar qaytarilmas bo‘lishi mumkin. Zo‘ravonlik bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligiga ta’sir qiladi, ularning ta’lim olish va ijtimoiylashuv qobiliyatini pasaytiradi, psixologik jihatdan sog‘lom voyaga yetishishlari va yaxshi ota-onalar bo‘lib shakllanishlariga to‘sqinlik qiladi.

Afsuski, oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, ijtimoiy norma hisoblanib qolmoqda. Ko‘pincha uning oqibatlari muhokama qilinmaydi. Farzandni tarbiyalash uchun zo‘ravonlik zarur, jismoniy kuch jazo sifatida ishlatilishi mumkin, deb hisoblaydigan ota-onalar bor.

Ota-onalarning turmush sharoitining og‘irligi, qashshoq va kambag‘alligi, ularning spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi va o‘z farzandlarini tashlab ketishi hamda migrasiyasi bolalarning qarovsizligi, tahqirlanishi yoki ekspluatasiyasi xavfini oshiradi.

Bolalar zo‘ravonlik holatlari haqida gapirmaydilar va shuning uchun kamdan-kam hollarda kerakli yordamni olishadi.

O‘zbekiston bolalar huquqlarini, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda himoya qilishga sodiqligini namoyish etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya 1992 yil 9 dekabrida ratifikasiya qilindi. Davlat o‘z zimmasiga mazkur xalqaro hujjatda qayd etilgan bolalarning barcha huquqlarini, shu jumladan, jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonliklardan, qiynoqqa solishlardan yoki shafqatsizlik, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakllardagi muomaladan, himoya qilish majburiyatini oldi.

O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunida bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida (4-modda) bolaning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish, bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash, bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash belgilangan.

Shu bilan birgalikda, ushbu qonunda davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rishi (7-modda), har bir bola o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga egaligi, davlat jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan himoya qilinishini amalga oshirishi belgilangan.

Yaqinda YUNICEF Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil bilan hamkorlikda trening tashkil etdi. U “O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish sohasida favqulodda vaziyatlarga tayyorlikni oshirish” keng ko‘lamli loyihasining bir qismi bo‘ldi.

Bunda Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘’basi xodimlari uchun treninglar tashkil etildi.

Bizga yoki ommaviy axborot vositalarida bolaga nisbatan zo‘ravonlik yoki shafqatsiz munosabatda bo‘lgan bironta ham holat bizning e’tiborimizdan chetda qolmaydi!

Eng yomoni, bolaning huquqlari, afsuski, reallik ko‘rsatganidek, ota-onalar va boshqa yaqin qarindoshlar tomonidan poymol etilmoqda.

Shu o‘rinda Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xususiyatidan kelib chiqib mas’ul organlarni (prokuratura, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, ta’limni boshqarish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish, Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya, Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘’basi va boshqa shu kabi) zudlik bilan xabardor qilishlari lozim.

Ayniqsa, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishi va tarqatilishi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishidan oldin mas’ul organlarga xabar berilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki bolalar mavzusining ommaviy axborot vositalarida yoritishning o‘ziga xos etikasi va qonun-qoidalari, talablari bor. Jabrlangan bolalarni tanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar berilmasligi kerak.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil A.Yunusova


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

Icroil «Qizil to‘y» operasiyasi doirasida 12 daqiqa ichida Eronning harbiy rahbarlarini yo‘q qildi

2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.

Isroil mojarosiga aralashgan uchinchi davlat Eron tomonidan zudlik bilan jazolanadi

Бу ҳақда Ислом Республикаси Миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

O‘zbekiston Boliviyaga mag‘lub bo‘ldi

Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга қарши имкониятни бой берди.

"Eron bu urushda yolg‘iz emas..."

У Исроилнинг Эрон ядровий ва ҳарбий объектларига қарши давом этаётган операциясини қоралади.

"Shu dam olish kunlari AQSh Eronni keng ko‘lamli bombardimon qilishni boshlaydi" - manba

Қўшма Штатлар Эронни кенг кўламли бомбардимон қилишни бошлайди.

Eron Isroil osmonida to‘liq nazorat o‘rnatdi

Бу ҳақда IRNA агентлиги хабар берди.

Xitoydan Eronga uchirilgan «sirli» samolyotlar radardan g‘oyib bo‘lgan

The Telegraph нашрига кўра, Хитой Эронга камида учта юк самолёти жўнатган. Улар мамлакат ҳаво ҳудудига яқинлашганда радарлардан йўқолган. Бундай ҳаракат Исроилнинг ҳужумлари фонида жиддий шубҳалар уйғотмоқда.

Eron Isroilga zarba berishni to‘xtatish shartlarini aytdi

Бу ҳақда Эрон миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

"Biz Eron javob qaytarishini bilar edik..."

Унинг таъкидлашича, АҚШ Яқин Шарқда кейинги ҳарбий аралашувга интилмаяпти.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

FOTOGALEREYA: Eronning bugungi hujumi Isroilni qay ahvolga soldi?

Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.

Eron AQShning Qatar va Iroqdagi bazalariga raketa uchirdi

Шунингдек, Эрон Қўшма Штатларнинг Ироқдаги АҚШ кучларига ҳам ракета зарбалари берди, деб ёзмоқда Clash Report.

Saida Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlandi

Бу ҳақда Президент администрацияси хабар берди.

Aftidan, kelishib olishdi. Ammo hali aniq emas

Исроил кейинги зарбалардан тийилишга ваъда берди.

Isroil tinchlik kelishuviga qaramasdan Eronga zarba berdi

Axios манбасига кўра, бугун Жо Байден Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхудан Эронга ҳужум қилмасликни сўраган. Аммо Нетаньяху фақат зарба масштабини қисқартиришга рози бўлган.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Маълум қилинишича, бу каби хабарлар мутлақо асоссиз, ҳеч қандай ҳақиқатга тўғри келмайди.

Yaqin Sharqdagi vaziyat qanday?

Эроннинг ядровий иншоотларига зарбалар унинг ядровий дастурини тўхтата олмайди, деди Франция мудофаа вазири Лекорну.

Eron Qo‘shma Shtatlarning Qatardagi bazalariga 10 ta raketa va Iroqdagi bazasiga 1 ta raketa uchirgan

"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bazalariga hujum yuzasidan bayonot berdi

Энди "ур ва қоч" даври тугади — агар бундай ҳужумлар яна такрорланса, АҚШнинг Ғарбий Осиёдаги мавжудлиги тезроқ емирилади, дейилади баёнотда.

Furqat tumanida mahalla raisi hokimning haqorati ortidan vafot etdimi?

Йиғилишда маҳалла раислари зиммасига юклатилган вазифалар ижроси юзасидан топшириқлар берилган.

Zelenskiyni FPV-droni yoki snayper yordamida o‘ldirmoqchi bo‘lishganmi?

Тергов натижасига кўра, Россия томонидан ёлланган полшалик нафақахўр шахс қўлга олинган

Isroil zarbalari oqibatida Eronda taxminan 500 kishi halok bo‘ldi

“Эрон ҳуқуқ ҳимоячилари” инсон ҳуқуқлари ташкилоти эса ҳалок бўлганлар сонини деярли икки баробар кўпроқ деб баҳоламоқда.

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi natijasida halok bo‘ldi

Фожиа 30 май куни тахминан соат 18.00 да Миробод туманида содир бўлган.

Vashington Erondagi yadroviy ob’ektlar to‘liq yo‘q qilinganiga 100% ishonch hosil qilmagan

Биз Эронда режим алмашишини истамаймиз. Биз бунга уриниб ҳам кўрмаганмиз.

Damashqdagi pravoslav cherkovida sodir etilgan terakt oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

У черковга кириб, аввал одамларга қарата ўт очган, сўнгра ўзини портлатган

9 yoshli qizini turmushga bermoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Қизча тиббий кўрикдан ўтказилган ва унга нисбатан зўравонлик белгилар топилмаган. Аммо ҳодисанинг аниқ тафсилотлари ҳали ҳам маълум эмас.

AQSh Eronga yana qachon hujum qiladi?

Бу ҳақда Пентагон раҳбари айтиб ўтди.

O‘zbekiston fuqarolari Eron va Isroilni tezda tark etishi kerakligi aytildi

Яқин Шарқдаги вазият кескин тус олаётгани, жумладан, АҚШ томонидан Эрондаги ядровий обектларга уюштирилган ҳужумлар, ва Яман ҳусийларининг аралашуви ортидан Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги фуқароларни фавқулодда огоҳлантирди.

Trampni AQSh Konstitusiyasini buzganlikda ayblashmoqda

АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.

AQShning Eron yadroviy ob’ektlariga bergan zarbasi: Jahon qanday munosabat bildirdi?

перацияда B-2 Spirit бомбардимончилари ва Tomahawk қанотли ракеталари ишлатилди.

Braziliyada havo sharida yong‘in chiqqach, yerga quladi. Qurbonlar bor

Шар саватида жами 21 киши бўлган. Улардан 13 нафари, жумладан учувчи омон қолган

Sergelida ayollar janjallashishi ortidan javobgarlikka tortildi

Текширув жараёнида аниқланишича, аёллар тиббиёт муассасасига тан жароҳатлари билан мурожаат қилмаган.