Bokschi yigitlarimiz ham U 22 Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi!

Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Bugun musobaqa doirasida yigitlar o‘rtasida final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Final bahsida 10 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Ularning to‘qqiz nafari g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bitta bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana bitta nafar bokschimiz bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev
-67 kg: Bekzod Hamidov
-71 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Nusrat Tohirov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Kumush:
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev
Bronza:
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov
Ma’lumot uchun, yigitlar terma jamoamiz musobaqaga 13 nafar bokschi bilan yo‘l olgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha musobaqa doirasida qizlarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishgandi.
Demak, O‘zbekiston terma jamoasi U 22 Osiyo chempionatini qizlar o‘rtasida ham, yigitlar o‘rtasida ham, umumjamoa hisobida ham birinchi o‘rinda yakunladi!
Terma jamoamiz a’zolari 28 yanvar kuni soat 16:00da Toshkentga qaytib kelishadi.