Bojxona to‘lovlaridan salkam 20 trln. 133,5 mlrd. so‘m imtiyozlar berildi

A A A
Bojxona to‘lovlaridan salkam 20 trln. 133,5 mlrd. so‘m imtiyozlar berildi

Prezidentimizning 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni ijrosi doirasida mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, bojxona to‘lovlarini undirish, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda chek qo‘yish borasida ham yutuqlarga erishildi.

Buni birgina Toshkent shahar bojxona boshqarmasi misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, 2023 yilning yanvar-dekabr oylari mobaynida boshqarma tomonidan 27,2 trln. so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilib, davlat byudjetiga o‘tkazilishiga erishilganini kuzatish mumkin.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon Saidov bu borada kuydagilarni so‘zlab berdi:

– Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan salkam 20 trln. 133,5 mlrd. so‘m imtiyozlar berildi. Imtiyoz qo‘llanilgan asosiy tovarlar tarkibini transport vositalari va uning qismlari, texnologik asbob-uskunalar, farmasevtika mahsulotlari, tibbiyot asbob-uskunalari hamda maishiy-texnika va ularning qismlari tashkil etdi.

Shuningdek, boshqarma tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga 2 trln. 468 mlrd. so‘mlik bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash imkoniyati yaratildi. Bu esa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va xorijga eksport qilishni munosib rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. Misol uchun, 2023 yilning 12 oyi mobaynida 2,8 mlrd. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yo‘naltirildi. Tovarlar 80 ga yaqin davlatlarga eksport qilingan bo‘lib, asosiy hamkor davlatlar Rossiya, Turkiya, Xitoy va Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Eksport qilingan asosiy tovarlar: metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, to‘qimachilik, elektronika va ularning qismlari, kalava ip, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksportni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilib, tadbirkorlarga bir qancha qulaylik va yengilliklar yaratilmoqda. Ushbu qulayliklardan yana biri, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimidir. O‘tgan 2023 yil davomida 58 ta tadbirkorlik sub’ektlarning qiymati 128,7 mln. AQSh dollarlik tovarlari ushbu rejim imkoniyatlaridan foydalangan holda rasmiylashtirilgan.

Bojxona postlarida jami 71 997 ta bojxona ko‘rigi jarayonlari amalga oshirilib, 499 740 ta bojxona yuk deklarasiyalari rasmiylashtirildi. Bojxona yuk deklarasiyalarini Xavfni boshqarish axborot tizimi bo‘yicha yo‘laklar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, deklarasiyalarning 121 994 tasi “yashil yo‘lak”, 290 321 tasi “sariq yo‘lak”, 87 425 tasi “qizil yo‘lak” tartibida rasmiylashtirilgan.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha 41,2 mlrd. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi. Boshqarmamiz tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yo‘nalishida 8 kg. 945 gr. giyohvandlik vositalari, 47 ming 629 dona kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 1 dona qurol, 6 dona o‘q, 8 dona gilza kabi qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar, 41 ming donadan ortiq taqiqlangan diniy mazmundagi materiallar, shuningdek, 362 mingdan ortiq tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Kelgusida ham kontrabandaga qarshi murosasiz kurashish, fiskal vazifalarni ortig‘i bilan bajarish, bojxona to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri undirish boshqarmamizning asosiy strategik yo‘nalishlari bo‘lib qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

O‘zbekistonlik tadbirkor O‘tkir Yusupovga Toshkent shahridan 3 xonali uy va’da qildi (video)

Тадбиркор БААга қарши ўйинни Абу-Даби шаҳридаги стадионда бевосита томоша қилди ва ўйиндан кейиноқ ушбу ваъдани берди.

Yurtimizda yana bir poraxo‘r amaldor qo‘lga tushdi!

Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ukraina kutilmaganda havo jangida g‘alaba qozondi: F-16 Rossiyaning Su-35 samolyotini urib tushirdi

Украина ҳаво жангида тарихий ғалабага эришди: тарихда биринчи марта Ғарбий F-16 қирувчиси Россиянинг Су-35 Фланкер самолётини уриб туширди.

Toshkent shahar IIBB jiddiy ogohlantiradi!

Ички ишлар бош бошқармаси телеграмдаги саҳифасида янги мурожаат эълон қилди.

Rossiya Maskka boshpana beradimi?

Илон Маскнинг Доналд Трамп билан зиддиятидан сўнг Давлат Думаси Россия миллиардерга сиёсий бошпана беришга тайёрлигини маълум қилди.

Rossiya aerodromlariga hujum qilgan dronlarni tashigan yuk mashinalari haydovchilarining hech nimadan xabari bo‘lmagan

Бу ҳақида Украина президенти маьлум қилди.

“Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz"

АҚШ 2021 йилда Россиянинг Украина бетарафлигини эълон қилиш таклифидан бош тортган

AQSh moliya vaziri Ilon Maskning ko‘zini ko‘kartirdi

Бессент шунингдек, Маскни фирибгар деб атади

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Kuyov bola to‘yi kuni urib o‘ldirildi

Бу ҳақда News9Live нашри хабар бермоқда.

O‘zbekiston Rossiyaga nota yubordi

Россия ҳудудида айрим ҳолатларда Ўзбекистон фуқароларига нисбатан рухсатсиз текширувлар, қўпол ва ҳурматсиз муомалалар кузатилаётгани жиддий ташвиш уйғотмоқда.

Eron Isroilga tahdid qilmoqda

Эрон разведка вазири Исмоил Хатиб бу маълумотни тез орада оммага эълон қилишга ваъда берди.

Mirziyoyev "Bunyodkor"dagi bellashuvni Fiso bilan birgalikda kuzatmoqda

Айни пайтда терма жамоамиз Қатарни 1:0 ҳисобида мағлубиятга учратмоқда.

"Unutishimiz kerak": G‘arb NATOning Rossiyaga qarshi rejasidan g‘azabda

Бу ҳақда L’Antidiplomatico нашри ёзмоқда.

Hojatxonada 10 daqiqadan ko‘proq o‘tirish qanday oqibatlarga olib kelishini bilasizmi?

Бу ҳақда илмий тадқиқотларда маълум қилинди.

Rossiya 2026 yilda "xavfsizlik yostig‘i"siz qolishi mumkin

Миллий фаровонлик фонди — ҳукуматнинг «қора кунлар» учун асосий захираси — тез суръатда камаймоқда.

Mashhur bloger Xabi Leym AQSh immigrasiya qonunlarini buzgani uchun Las-Vegas xalqaro aeroportida hibsga olindi

Блоггер 30 апрель куни АҚШга кирган ва унинг визаси муддатидан ошиб кетган. 25 ёшли Италия фуқароси 6 июнь куни қўлга олинган, бироқ ўша куниёқ қўйиб юборилган: у ўз ихтиёри билан мамлакатни тарк этишга рухсат олган. Лейм ижтимоий тармоқларда воқеага изоҳ бермади.

EC Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning 18-paketiga 70 ta sud va 22 ta bankni kiritishi mumkin

Бундан ташқари, SWIFT тизимидан узиладиган 22 та банк учун чекловлар жорий этилиши режалаштирилган.

G‘azoda yordamga ketayotgan falastinliklarga qarata o‘q otildi

Ғазонинг Tal ал-Султон ҳудудида гуманитар ёрдамга келган фаластинликларга қарата ўқ узилди. Бу сафар Исроил ҳарбийлари эмас, балки номаълум қуролланган маҳаллий шахслар ҳам отишмада қатнашгани гувоҳлар томонидан тасдиқланди.

Ukraina Yevropa gaz bozorida inqilob qilishi mumkin — The Telegraph

Украинада катта газ захиралари борлиги анча вақтдан бери маълум. Британиянинг The Telegraph нашри мамлакатнинг сланец гази ишлаб чиқариш орқали Европа бозорида янги инқилобга олиб келиши мумкинлигини таъкидлади. Бироқ бу режалар амалда фақат уруш тугагандан кейингина амалга ошиши мумкин.

BMT: Jahonda tug‘ilish darajasi keskin pasaymoqda

БМТнинг янги ҳисоботига кўра, глобал миқёсда туғилиш даражалари кескин пасаймоқда. Бунга асосий сабаблар сифатида ота-она бўлиш харажатларининг ортиши ва муносиб турмуш ўртоқ топишдаги муаммолар кўрсатилмоқда.

Los Anjelesda noroziliklarga 700 nafar dengiz piyoda askarlari safarbar etildi

АҚШ президенти Доналд Трамп буйруғига биноан, Калифорниядаги ҳарбий базага қарашли 700 нафар денгиз пиёда аскарлари Лос Анжелесдаги намойишларга қарши ҳаракатларда миллий гвардия сафига қўшилди. Бу қарор губернатор ва шаҳар ҳокимияти розилигисиз қабул қилинди.

BMT: G‘azodagi maktab va universitetlarning 90 foizdan ortig‘iga zarar yetkazilgan yoki vayron qilingan

БМТнинг Мустақил халқаро тергов комиссиясига кўра, Фаластин анклавида “болалар, жумладан, ўсмирлар таълими ва ўқитувчиларнинг ҳаёти ачинарли аҳволда.

O‘zbekiston tomoni Rossiyada migrantlarga qarshi reyd bo‘yicha xavotirini bildirdi

Миграция агентлиги Россиядаги рейд жараёнида меҳнат муҳожирларига нисбатан куч қўлланилиши ҳолати юзасидан расмий муносабат берди.

Avstriyadagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Полиция кенг қамровли хавфсизлик амалиётини бошлади

Hindistonda internet o‘chirib qo‘yildi

Бунга этник гуруҳ етакчиларининг ҳибсга олиниши оқибатида норозилик намойишлари бошлангани сабаб бўлган.

Amirsoyda bino yonib ketdi

Шунга кўра, 5 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 02:01 да воқеа жойига етиб бориб, ёнғин соат 02:13 да ўраб олинган ва соат 04:20 да ўчирилган.

Buxoroda 2 yoshli bolaning tomog‘idan ikkita tanga chiqarib olindi

Тангалар унинг қизилўнгачида тиқилиб қолган.

AQShda salmonellalar avj olmoqda: 2 million dona tuxum qaytarib olindi

Касаллик ёш болалар, катталар ва иммунитети заиф одамлар учун ҳам ўлимга олиб келиши мумкин.

Ispaniyada hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazildi

У, шунингдек, Испания Бош вазири Педро Санчес бошчилигидаги ҳукуматнинг Каталония сиёсий кучлари билан эришган келишувларини кескин танқид қилди.

Toshkent aeroportida chiroq yarim soatga o‘chib qoldi

Маълумотларга кўра, реконструкция ишлари доирасида 10 дақиқалик режали ўчириш режалаштирилган бўлган, бироқ кутилмаган қисқа туташув сабаб узилиш чўзилган.

Los-Anjelesda 50 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi

Полиция маълумотларига кўра, ҳибсга олинганлардан бири ҳуқуқ-тартибот ходимига Молотов коктейли отган

Rossiya “o‘rgimchak to‘ri” operasiyasiga javoban Rovendagi harbiy aerodromga zarba berdi

Маҳаллий маъмурият Россия дронлари ва ракеталари тунда Ривне вилоятига ҳужум қилганини тасдиқлади.

Markaziy Osiyodagi eng yirik muzlik — Fedchenko muzligi 40% ga erib ketdi

Бу ҳолат Амударё ҳавзасидаги сув муаммоларини янада кескинлаштириши мумкин.