BMT Xalqaro birodarlik kunini e’lon qildi

BMT Xalqaro birodarlik kunini e’lon qildi

BMTning Bosh Assambleyasi 4 fevralni Xalqaro Birodarlik kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyusiya qabul qildi, deb berdi WAM axborot agentligi.

Seshanba kuni BMT Bosh assambleyasi Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Misr va Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan 4 fevralni Xalqaro Birodarlik kuni deb belgilagan rezolyusiya qabul qildi. Ushbu hujjat dinlararo va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.

Sana tanlovi, 2019 yil 4 fevralda Abu-Dabidagi eng qadimgi va eng obro‘li islom universiteti Al-Azharning oliy imomi, shayx Ahmad At-Toyib va ​​Rim katolik cherkovi Papasi Fransisk «Dunyoda tinchlik va birga yashash uchun insoniyat birodarligi to‘g‘risidagi hujjatni» imzolanishi bilan belgilandi.

Qaror oldidan Birlashgan Arab Amirliklarining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisi Lana Nusseybe: «So‘nggi paytlarda dunyoda zo‘ravonlik, nafrat, ksenofobiya, diniy fanatizm va boshqa kamsitish turlari ko‘paymoqda. Bunday transmilliy tahdidlarga qarshi odamlar o‘rtasida «insoniyat birodarligi» ruhida sadoqat va birlikni targ‘ib qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak», deya fikr bildirdi.

Insoniyat birodarligi oliy qo‘mitasi (HCHF) bosh kotibi Guje Muhammad Abdulsalom, o‘z navbatida, inson birodarligi butun dunyo mas’uliyatiga aylanganini ta’kidladi.

Ushbu rezolyusiyaga BMTga a’zo 34 davlat ham muallif sifatida qo‘shildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!