BMT Rossiya va Ukrainaga talab qo‘ydi

BMT Rossiya va Ukrainaga talab qo‘ydi

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya va Ukrainani mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishga chaqirdi. Bu haqda Guterrish Moldova bosh vaziri Natalya Gavrilisa bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Rossiya va Ukrainani xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq imkon qadar tezroq muzokaralar yo‘li bilan yechim topish uchun diplomatik sa’y-harakatlar va muloqotni kuchaytirishga chaqiraman”, dedi u. Guterrish, shuningdek, “mintaqaviy va xalqaro hamkorlarni” jarayonni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, u “bu yo‘nalishda istalgan vaqtda xizmat ko‘rsatishga” tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!