BMT Oliy komissari Rafahga berilgan zarbalarni qoraladi va Isroilni shaharga bostirib kirmaslikka chaqirdi

A A A
BMT Oliy komissari Rafahga berilgan zarbalarni qoraladi va Isroilni shaharga bostirib kirmaslikka chaqirdi

BMT Inson huquqlari oliy komissari Volker Turk, Isroilning Rafahga uyushtirgan zarbalarini qoraladi. U Isroil qo‘shinlarining shaharga keng ko‘lamli bostirib kirishi dahshatli oqibatlaridan ogohlantirdi.

Turk so‘nggi bir necha kun ichida asosan bolalar va ayollarning o‘limiga sabab bo‘lgan Isroilning Rafahga qarshi bir qator hujumlarini qoralagan.

Oliy komissar bunday qirg‘in «xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning yanada buzilishiga olib kelishini» ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!